Get Mystery Box with random crypto!

OnlineEdu.uz

Telegram kanalining logotibi onlineedu_uz — OnlineEdu.uz O
Telegram kanalining logotibi onlineedu_uz — OnlineEdu.uz
Kanal manzili: @onlineedu_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 308

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-21 20:05:56 FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: 21.03.2023 yil, Toshkent vaqti bilan 21:47 da (21.03.2023 yil, Grinvich bo'yicha 16:47 da) Аfg'onistonda zilzila sodir bo'ldi. Zilzila koordinatalari: 36,41 gradus shimoliy kenglik; 70,98 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=6,6. Chuqurlik 220 km. Zilzila episentri Toshkentdan 561 km janubiy-sharqda.
O'zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:
Surxandaryo viloyatida 5-6 ball, 342 km.
Farg'ona viloyatida 5 ball, 447 km.
Sirdaryo viloyatida 5 ball, 493 km.
Jizzax viloyatida 5 ball, 496 km.
Andijon viloyatida 5 ball, 500 km.
Samarqand viloyatida 5 ball, 504 km.
Namangan viloyatida 5 ball, 514 km.
Qashqadaryo viloyatida 5 ball, 532 km.
Toshkent shahrida 5 ball, 561 km.
Navoiy viloyatida 5 ball, 639 km.
Buxoro viloyatida 5 ball, 684 km.
Xorazm viloyatida 4-5 ball, 1060 km.
Qoraqalpog'iston Respublikasida 4 ball, 1184 km.
-------------
Республиканский центр Сейсмопрогностического мониторинга МЧС сообщает: 21.03.2023 года, по Ташкентскому времени в 21:47 (21.03.2023 года, 16:47 по Гринвичу) в Афганистане произошло землетрясение. Координаты землетрясения: 36,41 градусов северной широты; 70,98 градусов восточной долготы. Магнитуда М=6,6. Глубина 220 км. Расстояние от эпицентра до Ташкента 561 км в юго-восточном направлении.
Сила подземных толчков на территории Узбекистана:
Сурхандарьинская область: 5-6 балла, 342 км.
Ферганская область: 5 балла, 447 км.
Сырдарьинская область: 5 балла, 493 км.
Джизакская область: 5 балла, 496 км.
Андижанская область: 5 балла, 500 км.
Самаркандская область: 5 балла, 504 км.
Наманганская область: 5 балла, 514 км.
Кашкадарьинская область: 5 балла, 532 км.
Ташкент: 5 балла, 561 км.
Навоийская область: 5 балла, 639 км.
Бухарская область: 5 балла, 684 км.
Хорезмская область: 4-5 балла, 1060 км.
Республика Каракалпакстан: 4 балла, 1184 км.
-------------
Batafsil ma'lumot uchun:
http://smrm.uz/
-------------
Kanalimizga qo'shiling:
https://t.me/joinchat/AAAAAEmVUN9featEd1PJCQ
167 views17:05
Ochish/sharhlash
2023-03-17 19:35:28 Agar xodim o’zi rozi bo’lmasa, hashar munosabati bilan ish haqidan ushlab qolinishi mumkin emas

Ertaga, 18-mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi ma’lum. Odatda, hashar munosabati bilan xodimlarning bir kunlik ish haqi ushlab qolinib, “Mahalla” jamoat fondiga o‘tkazib berilishiga odatlanib qolganmiz. Ya’ni hech kim xodimlardan so‘rab ham o‘tirmaydi, shunchaki buxgalterlar yoppasiga 1 kunlik ish haqini o‘tkazadi, tamom.

Ko‘pchilik xodimlar esa buni sezmaydi ham.

Biroq, bir narsani unutmasligimiz lozimki, hashar munosabati ish haqidan ushlab qolinishi mutlaqo ixtiyoriydir.

Chunki, Mehnat kodeksining 164-moddasiga ko‘ra xodimning yozma roziligi bo‘lmay turib uning ish haqidan ushlab qolinishi mumkin emas. Shuningdek, mazkur moddada ish haqidan xodimning roziligisiz ham ushlab qolinishi mumkin bo‘lgan holatlar sanab o‘tilgan bo‘lib, ular orasida hashar nazarda tutilmagan.

Rozilik deganda har bir xodimning yozma roziligi nazarda tutiladi. Ko‘p holatlarda shunchaki tashkilot xodimlari jamoasi nomidan bitta protokol qilinib, xuddiki o‘sha majlisda hamma xodim qatnashganu, hasharga 1 kunlik ish haqini berishga rozi bo‘lgani haqida yozib qo‘yiladi. Lekin xodimlar buni bilmaydi ham. Aslida bu ham noto‘g‘ri, bunaqa usul bilan xodimlarning ish haqidan ushlab qolish noqonuniy!

Hashar - bu o‘zbekona udum, milliy urf-odatimiz. Imkoningiz bo‘lsa, hasharda albatta qatnashing, atrofimizni obodonlashtirish, tozalash ishlarida faol bo‘ling. Kam ta’minlangan, nogironligi bor oilalarga yordam qo‘lini cho‘zing, ulardan hol-ahvol so‘rang. Jamoatchilik ishlarida chetda turmang.

Ammo 1 kunlik ish haqingizni "Mahalla" xayriya fondiga o‘tkazish yoki o‘tkazmaslikni o‘zingiz hal qiling. Bu sizning mutlaq ixtiyoringiz. Chunki siz u pulni halol ishlab topgansiz, o‘zgalar sizdan so‘ramasdan uni ishlatishga haqqi yo‘q. Shuni bilib qo‘ysangiz, yomon bo‘lmasdi.


@xushnudbek
171 views16:35
Ochish/sharhlash
2023-03-16 10:01:02 Sizni TBC UZ ga taklif qilaman. TBC UZ ilovasini yuklab olish uchun mening taklifnoma-havolamdan https://link.tbcbank.uz/zLorRUVvxpb yoki ro`yxatdan o`tgandan so`ng taklifnoma kodidan 3I59BBWS foydalaning.
293 viewsedited  07:01
Ochish/sharhlash
2023-03-14 23:39:06
FRANSUZ TILI O‘QITUVCHILARI UCHUN FRANSIYADA MALAKA OSHIRISH IMKONIYATI!

Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?

Ushbu tanlovda O‘zbekiston Respublikasi davlat umumta’lim maktablarining fransuz tili o‘qituvchilari qatnashishi mumkin;
nomzod kamida B1 darajadagi DELF/DALF/TCF diplomiga yoki sertifikatiga ega bo'lishi kerak (TCF uchun barcha testlardan, shu jumladan ixtiyoriy testlardan o‘tish talab etiladi);
ilgari hech qachon Fransiyada amaliyot o‘tash uchun grantlarni qo‘lga kiritmagan bo'lishi lozim.

10 nafar g‘olib o'qituvchilar Fransiyada ikki haftalik ta’lim amaliyoti uchun grantni qo'lga kiritadi!

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ariza topshirish lozim: https://forms.gle/rV3NEGC5xtmKtwKMA

Ro'yxatdan o'tish joriy yilning 31-mart kuniga qadar davom etadi.

Tanlov ikki bosqichda - hujjatlarni saralash va suhbat tarzida bo‘lib o‘tadi. Natijalar shu yilning aprel oyida e'lon qilinishi rejalashtirilgan.


@onlineedu_uz
150 viewsedited  20:39
Ochish/sharhlash
2023-02-25 17:14:14
RASMIY MUNOSABAT

EKSTERNAT TARTIBIDAGI IMTIHONLAR MAKTABDA TA’LIM OLAYOTGAN O‘QUVCHILARGA TADBIQ ETILMAYDI

Ijtimoiy tarmoqlarda “Endi maktab o‘quvchilari oldindan bitiruv imtihonlarini topshirishlari va maktab darslariga bormasliklari mumkin”
degan mazmunda xabarlar tarqalmoqda.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ushbu xabarlar mutlaqo hech qanday asosga ega bo'lmagan yolg'on xabarligini ma'lum qiladi.

Bu xabarlar maktabni o'z vaqtida tugata olmagan, ya'ni maktab yoshidan o'tgan fuqarolarning eksternat tartibida imtixon topshirish uchun arizalar berish bilan bog'liq xabarning noto'g'ri talqin qilinganligi natijasida tarqatilmoqda,

"Ta'lim to'g'risida"gi Qonunga muvofiq, fuqarolarning umumiy o'rta ta'lim olish huquqini ta'minlash maqsadida eksternat tartibida imtihonlarda faqat o‘z vaqtida turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan, aniqroq aytganda, maktabni to‘liq bitirmagan 18 yoshdan oshgan fuqarolar ishtirok etadi.

Eksternat tartibidagi imtihonlarning maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchilarga aloqasi yo'q va ularga tadbiq etilmaydi!
258 views14:14
Ochish/sharhlash
2023-02-24 17:52:50
O‘qituvchilarning pulini shilayotgan “soqqakash” markazlar

@onlineedu_uz
189 viewsedited  14:52
Ochish/sharhlash
2023-02-17 07:08:39
Maktab va o'rta-maxsus ta'limidagi o'qituvchilar uchun AQShda bir yarim oylik amaliyot - Fulbright Teaching Excellence and Achievement Program dasturi. Barcha xarajatlar to'liq moliyalashtiriladi

Talablar
— O'rta maktab, akademik litsey va kollejda to'liq stavkada ingliz tili, matematika, tabiiy va ijtimoiy fanlar bo'yicha dars beruvchi o'qituvchilar ishtirok etishi mumkin;
— Bakalavr darajasiga va dastur boshlangunga qadar kamida to'liq 5 yillik ish tajribasiga ega bo'lishi lozim;
— Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak va dasturdan qaytgacha ham o'qituvchilik faoliyatini davom ettirishi lozim va b.

Foydali tomonlari
— AQShga borish-kelish va dasturda qatnashish xarajatlari to'liq qoplanadi;
— Bepul turar joy va oziq-ovqat; o'quv-qurollari va qo'shimcha stipendiya bilan ta'minlanadi;
— Tibbiy sug'urta xarajatlari moliyalashtiriladi.

Oxirgi muddat
03.03.2023 18:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/55870

@onlineedu_uz
257 viewsedited  04:08
Ochish/sharhlash
2023-02-14 18:50:53 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hududiy boʼlinmalari mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazilayotgani boʼyicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy hokimliklar masʼuliyatini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni loyihasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boʼlinmalarini mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazish qayd etilgan va ushbu hujjat loyihasini tegishli vazirlik va davlat idoralar bilan kelishish uchun Аdliya vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi — project.gov.uzga joylashtirilgan.

Shu oʼrinda taʼkidlash joizki, ushbu normativ-hujjat hozirda loyiha boʼlib, rasmiy kuchga ega emas. Аyni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Farmon loyihasidagi tegishli bandlar boʼyicha eʼtiroz bildirilib, Аdliya vazirligi bilan muzokaralar oʼtkazilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boʼlinmalarini mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazilayotgani boʼyicha soha xodimlari va keng jamoatchilik vakillarining xavotiriga oʼrin yoʼqligini maʼlum qilamiz.
231 views15:50
Ochish/sharhlash
2023-02-06 12:26:26
BU VIDEONI FARZANDINGIZ ALBATTA KO‘RSIN!

Bolalar yomon niyatli odamlarni farqlay olishmaydi. Ular beg‘uborligi, kattalarga ishonuvchanligi sabab yovuz niyatlilarning qurboniga aylanib qolishlari mumkin.

Shu sabab, bolangizga:

Shubhali shaxslar bilan gaplashmaslikni,
ularning qo‘lidan sovg‘a olmaslikni,
tanimagan odamlarning mashinasiga o‘tirmaslikni tayinlashingiz lozim.

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun ogohlikni oshirish shart va zarurdir!

Mazkur video-rolikni farzandingiz bilan birgalikda tomosha qiling va unga begonalar bilan qanday muomala qilishni o'rgating.

Zero, bu oddiy qoidalar bolangizni xavf va xatardan asrab qolishi mumkin!

@onlineedu_uz
233 views09:26
Ochish/sharhlash
2023-02-06 07:58:31 O‘quvchini qandaydir aybi sababli darsdan chiqarib yuborish mumkin emas

Maktabga kelgan o‘quvchini dars vaqtida qarovsiz qoldirib, ularni kechikkani, o‘quv qurollari yoki maktab formasining yo‘qligi uchun darsdan haydab chiqarib yuborish mumkin emas.

Darsga kechikish, o‘quvchilar tomonidan o‘quv-qurollarini olib kelinmasligi yoki maktab formasining yo‘qligi ularni darsga kiritilmasligiga asos bo‘lmaydi. Ta’lim muassalaridagi o‘quv jarayoni «qonuniylik, demokratik, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik va hurmat» prinsiplariga asoslanishi kerak.

Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 28 iyuldagi 246-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari"ga ko‘ra, o‘qituvchilar jamoa a’zolari va boshqalaring shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitishi, o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlaridan asossiz chiqarib yuborish yoki kiritmasligi hamda “Chiqish” qo‘ng‘irog‘i chalingandan keyin o‘quvchilarni sinfxonada ushlab o‘tirishi mumkin emas.

Ho‘sh unda maktab ichiki tartib qoidalariga bo‘ysunmagan o‘quvchilarga qanday chora ko‘riladi?

"Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari"ga ko‘ra, taritibbuzar o‘quvchilar ota-onasiga nisbatan muassasaga biriktirilgan inspektor-psixolog tomonidan tegishli ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash ham mumkin. (o‘ta og‘ir holatlarda)

Shuningdek, qoida buzilish holatlari kuzatilganda, o‘quvchini muassasa ichki nazorat ro‘yxatiga olish va yakka tartibda shug‘ullanish, farzandi tarbiyasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashayotgan ota-onalarning ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yig‘iniga ma’lumot yuborish ham mumkin.

Muhim eslatma: Yuqoridagi qoidalarga amal qilmay o‘quvchilarni shaxsiyatiga tegish yoki darsdan chiqarib yuborish pedagog xodimlarning zarariga ishlashi mumkin. Shu sababli, bunday masalalarni bosiqlik yo‘li bilan hal etish maqsadga muvofiq.

@onlineedu_uz
197 viewsedited  04:58
Ochish/sharhlash