Get Mystery Box with random crypto!

OnlineEdu.uz

Telegram kanalining logotibi onlineedu_uz — OnlineEdu.uz O
Telegram kanalining logotibi onlineedu_uz — OnlineEdu.uz
Kanal manzili: @onlineedu_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 308

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-04-18 08:10:47 Inspektor-psixologlar o‘qituvchining ish faoliyatiga aralashishga haqqi bormi?

Savol:
Bizning tumanda inspektor-psixologlar maktabga kelib, darsni buzib kirib, pedagoglar darsiga aloqador ma’lumotlar bo‘yicha ularni so‘roq qilyapti. Ularni bunday qilishga vakolati bormi? Inspektor-psixolog davomat bilan shug‘illanadimi yoki pedagog xodimlar faoliyatini o‘rganadimi?

Javob:
Birinchi navbatda shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga noqonuniy tarzda aralashishga hech kimning haqqi yo‘q. Bu bo‘yicha qonunchilikda alohida javobgarlik belgilangan.

Shu sababli, inspektor-psixologlar ham o‘qituvchining ish faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ularga o‘qituvchilar faoliyatini tekshirish vakolati berilmagan.

Ichki ishlar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan inspektor-psixologlar zimmasiga xar bir o‘quvchi kesimida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida psixologik muxitni yaxshilash, voyaga yetmaganlar orasida konunbuzilishlarga murosasiz munosabatda bo‘lish hissini
shakllantirish, muammoli o‘quvchilar bilan ularning yashash joylarida ota-onalari ishtirokida manzilli ishlash buyicha vazifalar yuklatilgan.

Ya’ni, ular darslarga muntazam ravishda qatnashmayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlaydi, darslarga qatnashmaslik sabablarini o‘rganadi hamda o‘quvchilarning mikromuhitini o‘rganish borasida oilalarga tashrif buyurib, o‘smir va ota-onalar bilan individual suhbatlar uyushtiradi.

Ko‘rib turganingizdek, inspektor-psixologlarning vazifasi umuman boshqa. Ular faqat muammoli o‘quvchilar bilangina ishlashi lozim. Bu borada huquqlari buzilgan pedagog xodimlar kerakli organlarga shikoyat qilishi mumkin.

@onlineedu_uz
46 viewsedited  05:10
Ochish/sharhlash
2023-04-14 12:17:55 Nogiron bolalarni uyida oʻqitganlik uchun oʻqituvchilarga yoʻl haqi kompensatsiyasi tayinlash va toʻlash tartibi

Adliya vazirligidan 2013-yil 5-martda 2435-son bilan ro‘yxatdan oʻtgan “Uyda ijtimoiy yordam xizmati xodimlari hamda nogiron bolalarni uyida oʻqitganlik uchun umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilariga yoʻl haqi kompensatsiyasi tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi” Nizomga koʻra:

maktab oʻqituvchilariga – maktabdan oʻqitilayotgan oʻquvchining yashash joyigacha kamida 1,5 kilometr masofa boʻlganda uyda oʻqitilayotgan bir nafar oʻquvchi uchun eng kam oylik ish haqi(EKOIH)ning 100 foizi miqdorida amalga oshiriladi.

Bir nafar uyda oʻqitilayotganga biriktirilgan bir nechta oʻqituvchilarga kompensatsiya ularning har oyda amalda oʻtkazadigan oʻquv soatlari ulushidan kelib chiqqan holda uyda oʻqitilayotganlarning oʻquv rejasidagi oʻquv soatlarining umumiy miqdoriga mutanosib ravishda belgilanadi.

Bunda, har bir maktab oʻqituvchisi uchun kompensatsiyaning umumiy miqdori EKOIHning 100 foizidan oshmasligi lozim.

Kompensatsiyani toʻlash oʻtgan oy uchun oyning ikkinchi yarmi oylik ish haqini toʻlash bilan bir vaqtda, alohida toʻlov qaydnomasi boʻyicha amalga oshiriladi.

Maktab oʻqituvchilari taʼtilda, shuningdek vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz boʻlgan davr uchun kompensatsiya toʻlanmaydi.

Ushbu kompensatsiya (EKOIH 100 %) maktab oʻqituvchilarining daromadi sifatida qaralmaydi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolar sugʻurta badallari solinmaydi.

@onlineedu_uz
49 viewsedited  09:17
Ochish/sharhlash
2023-04-10 16:07:27 Ta’limga mas’ul rahbarlarimiz avval maktab hojatxonalari haqida qayg‘urishi kerak

Kun.uz nashri maktablardagi hojatxonalar holati haqida material tayyorlabdi. Vaziyat o‘ta achinarli darajada.



58 viewsedited  13:07
Ochish/sharhlash
2023-04-08 08:42:35 UNESCO XOTIN-QIZLAR TA’LIMI UCHUN $50 000 MIQDORIDA GRANT TANLOVINI E’LON QILADI

UNESCO xalqaro tashkiloti xotin - qizlarning ta’lim sohasidagi salohiyati va qiziqishini oshirish, gender tengligini targ’ib qilish, adolatli, teng va inklyuziv jamiyatga erishish maqsadida xotin-qizlar ta'limi rivojlanishiga hissa qo'shgan muvafaqqiyatli loyihalar uchun 2 nafar nomzodga $50.000 grant taqdim etadi.

Nomzodlar belgilangan tanlov mezonlari asosida tanlab olinadi. Taqdim etiladigan loyihalar 2 yil davomida xotin-qizlarning savodxonligini, ularning kasb va hayot uchun ko’nikmalarini oshirishga hissa qo’shgan bo’lishi lozim.

Tanlov uchun arizalar 2023-yilning 19-may sanasiga qadar qabul qilinadi.

Batafsil ma’limotlar ushbu havolada.

@onlineedu_uz
90 viewsedited  05:42
Ochish/sharhlash
2023-04-07 16:37:06 Maktab oshxonalarida “fastfud” tayyorlash va sotish taqiqlangan

Xot-dog, lavash, gamburger, “xrustyashki”, chips, energetik va gazli ichimliklar... Bugungi kun bolalari va hatto yoshlari sevib iste’mol qiladigan mahsulotlarning kichik bir ro‘yxati bu.

Biroq ushbu yegulik va ichimliklar salomatlik uchun ziyon. Shu sababli Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ularni kundalik taomnomadan chiqarishni tavsiya qiladi. Qolaversa, bu turdagi mahsulotlar yurtimizdagi umumta’lim muassasalarida ruxsat etilmaydigan oziq-ovqat va taomlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Jumladan, “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”ga ko‘ra, quyidagilar maktab oshxonalarida tayyorlanishi va sotilishi mumkin emas:

Go‘sht qo‘shilgan, mayonez, ketchup va orasiga sabzavotlar solingan non mahsulotlari (gamburger, chizburger va xot-doglar).

Sun’iy ta’m, hid beruvchi moddalar, bo‘yoqlar, aromatizatorlar qo‘shilgan qandolatchilik mahsulotlari.

Sun’iy konservantlari bo‘lgan “kiriyeshki”, “xrustyashki” va chipslar.

Rangli va rangsiz gazlangan ichimliklar.

Veterinariya nazoratidan o‘tmagan go‘sht, baliq, parrandalar; jigar, til va yurakdan tashqari barcha kalla-poychalar.

Tashqi qavati toza bo‘lmagan, singan, zarur talablarga javob bermaydigan tuxumlar.

Bankalarning germetikligi buzilgan, bombajli, zanglagan, shakli o‘zgargan, yorlig‘i bo‘lmagan va ishlab chiqarish vaqti hamda yaroqlilik muddati belgilanmagan konservalar.

Turli aralashmalar bilan yoki ombordagi zararkunandalar bilan zararlangan yorma, un, quritilgan mevalar va boshqa mahsulotlar.

Kremli qandolat mahsulotlari (tort va pishiriqlar).

Xolodes, parranda va tuyoqli hayvonlar oyog‘idan tayyorlangan hamda kalla go‘shti ruletlari, o‘pka-jigarli va qondan qilingan kolbasalar.

Pasterizasiya qilinmagan (flyagadagi) tvorog, termik ishlov berilmagan, idishda saqlangan tvorog va qaymoq; qo‘lbola qatiq; epizootik nohush xo‘jaliklardan olingan, shuningdek, dastlabki ishlov berilmagan va pasterizasiya qilinmagan sut va sut mahsulotlari; qimiz va tarkibida etanol bo‘lgan (0,5 foizdan ortiq) boshqa achitilgan sutli mahsulotlar.

Qo‘ziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar.

Kvas.

Xom dudlangan go‘shtli gastronomik mahsulotlar va kolbasalar, shu jumladan, kaynatilgan kolbasa.

Sirka, xantal, xren, o‘tkir qalampir (qizil, qora) va boshqa o‘tkir ziravorlar.

O‘tkir ta’mli souslar, ketchuplar, mayonez, konservalar, marinadlangan sabzavot va mevalar.

Tabiiy kofe, tetiklantiruvchi va quvvatni oshiruvchi energetik ichimliklar, alkogol.

Pazandalik moylari, cho‘chqa yog‘i, margarin va boshqa gidrogen yog‘lar.

Danakli mevalarning mag‘zi, saqich, meva va rezavorlilardan tayyorlangan yaxna ichimliklar va morslar (termik ishlovsiz).

Okroshka va sovuq sho‘rvalar, yog‘da qovurilgan tuxum, pashtet, go‘sht va tvorogli quymoqlar.

Tez tayyorlanadigan quruq oziq-ovqat konsentratlari asosidagi birinchi va ikkinchi taomlar maktab oshxonalarida bo‘lishi taqiqlanadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

@onlineedu_uz
95 views13:37
Ochish/sharhlash
2023-04-07 12:17:03 Men umumta’lim maktabida matematika fanidan dars beraman. Menga har oylik ustama to’lanadi. Ustama olayotgan o‘qituvchilarga ham mukofot puli beriladimi?

Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019-yildagi 823-son Qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida" 1-ilovaning 9-bandiga ko‘ra, pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish umumta’lim muassasalaridagi tashkil etiladigan ishchi guruh qarori bilan ochiq muhokama orqali hamda umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi fikrlarini hisobga olib, Jamg‘armada nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.

Nizomning 29-bandida umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktabr— O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, Nizomning 32-bandida Prezident maktablariga tanlov asosida qabul qilingan har bir o‘quvchi uchun tegishli umumta’lim muassasasining mos (tanlov, musobaqa, imtihon fanlari) fan o‘qituvchisi mazkur Nizomning 29-bandidan tashqari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy tarif stavkasining ikki baravari miqdorida bir yo‘la mukofot puli to‘lash yo‘li bilan rag‘batlantirilishi mumkin. Umumta’lim muassasasi xodimlarini mukofotlashda adolat va xolislik prinsiplariga amal qilinadi.

@onlineedu_uz
87 viewsedited  09:17
Ochish/sharhlash
2023-04-05 02:53:16 So‘rovnomada ishtirok etgan o‘qituvchilarning 72 foizi maoshlari oshirilishi lozim deb hisoblashgan

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan O‘zbekistonda TALIS-2018 xalqaro tadqiqotlar talablari asosida 2021-yilda o‘tkazilgan so‘rovnoma hisobotiga ko‘ra o‘zbekistonlik o‘qituvchilarning 72 foizi o‘z maoshlarini oshirilishi lozim deb hisoblashgan.

O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, o‘qituvchilarning ish xaqi (maoshi) muammosi o‘zbekistonliklar tomonidan ham e’tirof etilib, uni yosh pedagog kadrlarning maktabga ishga borishlarini istamasligining asosiy sababi sifatida ko‘rsatgan. (55%)

Respondentlarning uchdan bir qismi o‘z maoshidan qoniqadi, 45%i esa norozi, 23%i esa qat’iy norozi. Shubhasiz, u deyarli bir ovozdan iloji bo‘lsa, ish haqi oshirish uchun zarur deb hisoblagan oxirgi ikki kategoriyalar hisoblanadi.

Bu 2021-yilda o‘tkazilgan tadqiqot natijasi hisoblanadi. Ammo, maosh masalasi haliyam kun tartibimizdan o‘rin egallamagan. Sanoqli o‘qituvchilar yuqori maosh olyapti degani bu hamma o‘qituvchilarning turmush sharoiti yaxshi degan ma’noni anglatmaydi.

@onlineedu_uz
112 viewsedited  23:53
Ochish/sharhlash
2023-03-30 16:19:28 Joriy yilda oʼqituvchilar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi, maoshlar mavjud sertifikatlar asosida toʼlab beriladi

2023-yilda majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi kerak bo‘lgan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari 2024-yilga qadar amal qiladi.

Xabaringiz bor, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʼzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoniga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspektsiyasi faoliyati tugatilib, uning tegishli vazifa va funksiyalari Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligiga oʼtkazildi.

Shu munosabat bilan vazirlik tomonidan taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʼtkazish va malaka toifalari berish boʼyicha yangi shaffof va adolatli tizim ishlab chiqilib, 2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy oʼrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, yangi tartib joriy etilgunga qadar 2023-yilda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi kerak boʼlgan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari toʼgʼrisidagi sertifikatlarining amal qilish muddati navbatdagi attestatsiya tashkil qilingunga qadar uzaytiriladi.

@onlineedu_uz
172 viewsedited  13:19
Ochish/sharhlash
2023-03-29 00:18:02 May oyidan boshlab pedagog xodimlarga oylik ish haqi oshirilgan miqdorda to‘lanadi

Ma’lumki, 2023 yilning 1 may sanasidan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqi miqdori 7 % miqdorida oshirilmoqda.

May oyidan oshirilgan oyliklar bo‘yicha hisoblanganda pedagog xodimlar quyidagicha oylik oladilar:

Maktab direktori:
3 mln 816 ming 990 so‘m (400 o‘quvchigacha)
4 mln 75 ming 624 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
4 mln 321 ming 741 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
4 mln 571 ming 633 so‘m (1600dan ortiq)

Direktor o‘rinbosarlari: (MMIBDO‘, O‘TIBDO‘)
3 mln 564 ming 956 so‘m (400 o‘quvchigacha)
3 mln 816 ming 990 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
4 mln 75 ming 624 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
4 mln 321 ming 741 so‘m (1600dan ortiq)

Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:
1 mln 512 ming 2211 so‘m (400 o‘quvchigacha)
1 mln 649 ming 960 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
1 mln 793 ming 565 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
1 mln 942 ming 607 so‘m (1600dan ortiq)

CHQBT rahbari:
2 mln 755 ming 648 so‘m

Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi (0.5 st) – 1 mln 377 ming 824 so‘m

Psixologlar
Oliy ma’lumotli psixolog – 2 mln 480 ming 84 so‘m

Ikkinchi toifali psixolog – 2 mln 655 ming 870 so‘m

Birinchi toifali psixolog – 2 mln 836 ming 137 so‘m

Oliy toifali psixolog – 3 mln 8 ming 761 so‘m

O‘qituvchilar
O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchi – 2 mln 575 ming 883 so‘m

Oliy ma’lumotli o‘qituvchi – 2 mln 755 ming 648 so‘m

Ikkinchi toifali o‘qituvchi – 3 mln 85 ming 99 so‘m

Birinchi toifali o‘qituvchi – 3 mln 437 ming 740 so‘m

Oliy toifali o‘qituvchi – 3 mln 798 ming 940 so‘m

Maktab laboranti (1 st)– 1 mln 363 ming 337 so‘m

Kutubxona mudiri:

O‘rta maxsus ma’lumotli – 1 mln 814 ming 665 so‘m

Oliy ma’lumotli – 1 mln 979 ming 952 so‘m

Kutubxonachi:

O‘rta maxsus ma’lumotli – 1 mln 573 ming 584 so‘m

Oliy ma’lumotli – 1 mln 656 ming 406 so‘m

@onlineedu_uz
169 viewsedited  21:18
Ochish/sharhlash
2023-03-27 17:46:51 Pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilandi

Bugun Shavkat Mirziyoyev pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi qonunni imzoladi.

Unga ko‘ra, pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash uchun ma’muriy va jinoiy javobgarliklar kuchaytirilmoqda.

Jumladan, umumiy holatda biror shaxsni majburiy mehnatga jalb etish 30 mln so‘mgacha (100 baravar) jarimaga sabab bo‘lsa, endilikda pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish 45 mln so‘mgacha (150 baravar) jarima bilan jazolanishi mumkin.

Jinoyat kodeksida ham pedagoglarga qarshi harakat uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilandi va jazo kuchaytirildi. Ya’ni pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash uchun, agar xuddi shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, 45 mln so‘mdan 60 mln so‘mgacha jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi belgilandi.

Shuningdek, ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish uchun ham ma’muriy javobgarlik kuchaytirildi. Endilikda bu qilmish uchun fuqarolarga 2,1 mln so‘mdan 4,5 mln so‘mgacha jarima, mansabdor shaxslarga esa 3 mln so‘mdan 6 mln so‘mgacha jarima belgilanmoqda.

E’tiborli jihati, ilgari pedagogning faoliyatiga noqonuniy aralashish uchun faqat jarima jazosi belgilangandi. Endilikda ushbu qilmishni takroran sodir etgan mansabdor shaxslarga 15 sutkagacha ma’muriy qamoq belgilanishi mumkin.

@onlineedu_uz
142 viewsedited  14:46
Ochish/sharhlash