Get Mystery Box with random crypto!

Onlayn psixologik konsultatsiya

Telegram kanalining logotibi onlayn_psixologik_yordam — Onlayn psixologik konsultatsiya O
Telegram kanalining logotibi onlayn_psixologik_yordam — Onlayn psixologik konsultatsiya
Kanal manzili: @onlayn_psixologik_yordam
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 41
Kanalning ta’rifi

O'zbek tilida onlayn psixologik konsultatsiya

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-05 19:38:11
Biz 2 kun davomida 1300 km atrofida uyimizdan shimol tomonga dam olishga bordik. Bu yer Strömsund deb ataladi. Shuncha yurgan bo'lsakda Shvetsiyani endi yarmiga yetib keldik. Bu yerdagi rasmlarni keyin joylashtiraman.

Shvetsiyani shakli cho'zinchoqroq shu sababli bir tomondan ikkinchi tomonga yetib borguncha anchagina yurish kerak bo'ladi.

Kechki rasmlar Södertälje degan shardan olingan. Yo'limizni yarmida joylashgan shahar. U Shvetsiyani poytaxtini janubida joylashgan tahminan poytaxtdan 40 minutlik uzoqlikda. Ko'rib turgan joyingiz ko'prik, u ochilib tagidan kemalar o'tadi.an

Kunduzi olingan rasm esa Sundsvall shahridan olingan. Juda ham chiroyli ekan. O'sha kuni 27 daraja issiq edi. Bu O'zbekistonni 35 darajasidek desa ham bo'ladi.

O'z fikrlaringizni reaktsiyalar orqali yoki izohlarda qoldirishingiz mumkin
14 views16:38
Ochish/sharhlash
2022-07-05 19:24:38 Onlayn psixologik konsultatsiya pinned a photo
16:24
Ochish/sharhlash
2022-07-05 19:24:32
E'lon, e'lon, e'lon:

DIQQAT TEKIN DIAGNOSTIK SUHBAT

Qachon:
6 iyuldan 12 iyul oralig'ida
Uchrashuv vaqti va soati kelishilgan holda

Davomiyligi:
Diagnostik suhbat davomiyligi 1 soat

Nechta joy:
Joylar chegarlangan faqat 8 ta odam
4 ta ayol
4 ta erkak

TALABLAR:
Kimlar:
Faqatgina psixologiyada o'qiyotgan va psixolog sifatida ishlayotgan shu sohani bitirgan insonlar uchun

50 minut sizning muammoingiz bilan ishlaymyz undan oldin10 minut davomida men psixologlarni qiynovchi muammolarni aniqlash uchun savollar beraman

Ko'pchilik shu diagnostik suhbatni o'zida ham muammolarini hal qilganlar bo'lgan

Bunday imkoniyat boshqa bo'lmasligi mumkin.
Rasm manbaasi
13 views16:24
Ochish/sharhlash
2022-07-05 18:55:55
Assalomu alaikum azizlar!

Bu kanalda qolib kutib turganingiz uchun raxmat. Oilaviy safarda bo'lganimiz uchun imkoniyat yo'q edi. Sizlarga savol, shaxsiy hayotim haqida xabarlar qoldirsam sizlarga qiziqmi?
Anonymous Poll
100%
Ha
0%
Yo'q
5 voters14 views15:55
Ochish/sharhlash
2022-06-29 18:00:43 Nima uchun menga pul yetishmaydi?

Shunaqa savollar berib miyani ilma teshik qilib mazza qilib qiynalgan paytlaringiz bo'lganmi? Aslida pul hech qachon hech kimga yetishmaydi hattoki miliarderga ham. Ishoning ular ham doimo pulni qayerda olsam ekan deb o'ylaydi. Aynan sizga nima uchun yetishmasligini ayta ololmayman lekin nima uchun insonlar pul sababli stressga tushishini tushuntirib beraman.

Bir kuni bozordan bir ayol chiqibdi bir oy ishlab topgan puliga maxsi olgan ekan. Kuz kelib qoldi yaqinda sovuq kunlar boshlanib qoladi. O'tgan yili oyoqdan sovuq o'tib rosa azob bergan. Maxsi sotilish sezonidan oldin arzonroq narxga sotib olganidan o'zida yo'q xursand edi.
Uni ketidan esa yana bir ayol chiqdi. Uni kiyimi va turishidan boyligi iqtisodiy ahvoli juda ham yaxshiligini ko'rsa bo'lar edi. Nimagadir bu ayol xafa hattoki bir-oz jaxli ham chiqqan edi. Uni jaxlini chiqargan narsa nima deb qiziqayotgan bo'lsangiz kerak. U bir hafta oldin tilladan uzuk va ikkita sirg'ani yasattirish uchun buyurtma bergan edi. Uni buyurtmasi bo'yicha moviy rangdagi ko'zi bo'lish kerak edi. U o'zi hohlagan rangdan sal ochroq chiqib qolibdi. Shunga jig'ibiyron bo'lib osmon yerga tushgandek bo'ldi. Sababi ertaga dugonalari bilan uchrashishi kerak u yerda shuni ko'z ko'z qilmoqchi edi. Afsuski endi bunday qila ololmaydi.

Bu ikki misolda orqali insonlar ehtiyojlari va xohishlarini qondirishini tushuntirib bermoqchi edim. Hayotda ko'pchilik haqiqiy ehtiyoj va xohishlarni adashtirib qo'yganligi sababli yuqorida yozilgan hikoyadagi boy ayol kabi hayotdan norozi bo'lib yuradi.

Ehtiyoj bu asosan jismoniy keraklik narsalarga ega bo'lish, masalan boshingiz ustida tom, ustingizda qanday bo'lsa ham kiyim oyog'ingizga poyabzal, jismoniy harakat qila olishingiz uchun ovqat. Hohishlar esa harajatlar bulardan ortgandan keyin bo'lish kerak bo'lgan narsalar va ular hayot bo'lishingiz uchun zarur bo'lmagan narsalar. Ularga ega bo'lsangiz ham ega bo'lmasangiz ham tanangiz sog'-salomat o'zingiz hayot bo'lasiz. Lekin odamlar hohishlari his tuyg'ularga bog'langanligi sababli u hohlagan narsaga erishmasa hamma shu narsaga bog'langan his tuyg'ular ko'pirib aqli ishlamay qoladi-da hissiyotlarga berilib ketadi. Oqibatda baxtsiz hayotni o'ziga yasab oladi.

Yana ham osonroq misol keltirsam Masalan Boltavoy aka Temirchi qishlo'gida yashaydi. U odam shaharga borib ishlash uchun faqatgina biror bir vositada borish mumkin. Avtobus u yerda yurmaydi lekin shaharga velosipedda, eshakda yoki moshinada borish mumkin. Uyida eski velosiped bor-u faqat unda yurishda uyaladi. Eshakda yursa kiyimiga hid o'tirib qolishi mumkin. Aslida u quruvchi bo'lib ishlaydi hech kim bu hidni sezmaydi ham sababi hamma ochiqda ishlaydi. Xullas kalom endi odamlarni oldida obro'sini saqlash uchun Matiz emas Kobalt sotib olishga harakat qiladi. Bankdan kredit olib har oy kredit to'lashni boshlaydi. Uni daromadi ancha kamayib ketgan keyingi oyligigacha zo'rg'a pul yetadigan bo'lib qolgan. Lekin Boltavoy aka hursand tagida moshida hamma havas qilayapti deb o'ylaydi.

Ko'pchilikning holati shunday boshqalarni ko'ziga yaxshi ko'rinish uchungina ish qilishadi yoki biror narsaga ega bo'lishadi. Uning o'rniga Boltavoy aka oddiy velosiped olib yursa bo'lar edi-ku ammo hissiyotlarga berilgani uchun ham o'zini iqtisodiy qiyinchilikka qo'yib qo'ydi. Avval hayotiy zarur ehtiyojlar qondirilib keyin hohishlarni qondirishhimiz kerak.

Siz nima deb o'ylaysiz?

Kanalga a'zo bo'lish uchun:
https://t.me/onlayn_psixologik_yordam

Savollar uchun:
@jkrakhmonov

Psixolog-konsultant, gipnoterapevt
Jahongir Rahmonov
29 views15:00
Ochish/sharhlash
2022-06-29 17:59:01
Ehtiyoj va xohishlar
22 views14:59
Ochish/sharhlash
2022-06-28 10:30:07 Psixologik nuqtai nazardan kechirish

Hamma turdagi konsultatsiyalarda uchrab turadigan muhim mavzulardan biri bu kechirish mavzusi. Afsuski bu haqida internetda ham o'qishlarda ham ko'p ma'lumot bor-u lekin ko'p noto'g'ri yondashuv ham bor.

Avvalambor kechirish siz uchun kerakligini tushunib olishingiz kerak. Nima uchun-mi? Sababi bu siz hayotingizni to'la qonli his qilib mazza qilib yashashga xalaqit beradi. U miyani o'yib har zamon xayolingizni o'g'irlaydi. Oddiy qilib aytganda miyani hisob kitob mashinasi, kompyuter deb tasavur qilsangiz u sizga ortiqcha programma sifatida joy egallab bekorchi energiya sarflaydigan zararkunanda virus

Kechirish asli biror bir insonni hattoki o'zini kechirganda ham bu kelajakda aynan shunday sizni xafa qilgan ishni takrorlanishiga ruxsat berish degani emas, yoki shuncha-ki bu bo'lgan voqeani unutish degani emas, va nihoyat hech narsa bo'lmagandek o'zini tutish ham emas. Xo'sh unda kechirish nima degani deb so'rasangiz sizga bu javobni aytishdan oldin nima uchun yozilgan uchta sabablarga amal qilish xato bo'lishini tushuntiraman.

Sizni kimdir xafa qilsa-yu u odam sizni yana takror va takror kamsitaversa unda siz faqatgina bu kamsituvchi odamni ko'zida emas balkim boshqa bunga guvoh bo'lgan odamlarni oldida ham sizni kamsitish mumkinligiga signal berish bo'ladi. Bu odamga qo'shilib boshqalar ham qo'shilishni boshlaydi. Shuning uchun bunday narsaga umuman ruxsat bermaslik kerak.

Voqeani unutib qo'yish jismonan imkoni yo'q. Hamma xotiralar miyamizda joylashib qoladi. Faqatgina juda dahshatli ko'rinishdagi xotiralar travmatik bo'lsa ularni miya vaqtincha xotira kitobxonangizni shunday burchagiga yashirib qo'yadi-ki uni ongli ravishda eslab topishingiz qiyin bo'ladi. Miya o'zini himoya qilish uchun qo'rqinchli xotiralardan shunday o'zini himoyalaydi. Lekin bu baribir ichki yashirin stresni chiqarib psixosomatik kasalliklarni vujudga keltirib chiqarishi yoki turli xil yomon odatlarni shakllanishiga sabab bo'lishi mumkin.
Shunaqa xolatda gipnoz yaxshi yordam beradi. Sababi bu holatda odam o'zini nisbatan xavfsiz his qilib u xotirani kuzata oladi. Shu bilan yomon xotiralar bilan effektiv ishlash mumkin.

Hech narsa bo'lmagandek yursangiz birinchi tasvirlangan holat bo'lishi mumkin. Yana bir tur kechirish bor odamni tasavvur qilib uni kechiraverish, bu ham tog'ri ish emas. Agarda sizni kimdir kamsitsa buni yoki to'xtatish kerak yoki bu qilmishiga yarasha o'sha inson qonunan jazolanishi kerak.

Ana endi psixologik nuqtai nazarda to'g'ri kechirish qanday bo'lishni aytaman. Bu mana shu holat sabablik insonda paydo bo'lgan his-tuyg'ulardan qutulish, forig' bo'lish kechirish bo'ladi. Sababi aynan shu his-tuyg'ular bizni miyamizni o'yib tinch qo'ymaydi yo qasosga undaydi yo o'zimizni ayblashga chaqiradi. Bu his-tuyg'ulardan qutulmanimizgacha bizni bezovta qilaveradi. Hamma holatlar bilan ishlash shart emas faqatgina bizga salbiy ta'sir qilib miyamizni bekorga band qiluvchi salbiy his-tuyg'ularni uyg'otuvchi holatlar bilan ishlangan ma'qul.

Kechirish uchun muhim qadamlar:

-Sizni bezovta qilgan holatni eslab oling.

-U qanday his-tuyg'ularni uyg'otayapti shuni aniqlang.

-Keyin haqiqatdan ham shu his-tuyg'ulardan qutulishga qaror qiling. Undan qutulsangiz nimalarga erishasiz shuni anglab oling.

- His-tuyg'ular bilan ishlang va ulardan xalos bo'ling.

Shunday qilib erkinroq hayot kechirishni boshlang .
27 views07:30
Ochish/sharhlash
2022-06-28 10:29:02
Kechirim so'rash
20 views07:29
Ochish/sharhlash