Get Mystery Box with random crypto!

• Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakatuh! Kirib kelgan | ❤️‍🩹ONA TILI PRACTISE

• Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakatuh!

Kirib kelgan «QURBON HAYITI» barchalarimizga muborak bo‘lsin!

• Bu kunlarga yetib kela olmagan iymon ahllarini Robbimiz O‘z rahmatiga olgan bo‘lsin!
• Duolar ijobat kunlarda Allohim qalblarimizdagi ezgu niyatlarimizni O‘zi amalga oshirsin!
• O‘ylaganimizdan ko‘ra ham afzal maqomlarga erishtirsin!
• Yurtimizga ofiyat va taraqqiyot, xalqimizga baxt va saodat, raxbarlarimizga haq va adolat, ra’iyatga insof va itoat, xalqimiz manfaati yo‘lida xizmat qilishda barchamizga hikmat va shijoat bersin!
• Ilm talabida yurganlarga foydali ilm;
- befarzandlarga solih va soliha farzandlar;
- bo‘ydoqlarga ikki dunyo saodatida sherik bo‘ladigan juftlar;
- bemorlarga shifo;
- qarzdorlarga kushoyish;
- g‘ariblarga nusrat;
- mazlumlarga najot;
- musofirlarga omonlik;
- rijollarga g‘animatlar;
- ummat orasiga ittifoqlik;
- dushman jamoalariga tafriqa, qalblariga ixtilof;
- olimlarimizga haybat;
- omilarimiz uchun olimlarga itoat;
- farzandlarimizga ilm, odob va ummat xizmati;
- ayollarimizga hayo va iffat;
- ota onalarimizga uzun va saodatli umr, vafot etganlariga rahmat va mag‘firat ato qilsin!

• Niyatlarimizga ixlos, duolarimizga ijobat, qalblarimizga samimiyat, aqllarimizga rushd, oqibatimizga shahodat nasib etsin!
• Amin!
• Amin!
• Amin!

Men uchun eng yaqin bo‘lgan insonim, «QURBON HAYITINGIZ» MUBORAK BO‘LSIN!!!