Get Mystery Box with random crypto!

​​ ​​QALBDAN ChIQQAN NIDO KUChI! Jazoirlik yoshi keksa bir ay | ❤️‍🩹ONA TILI PRACTISE

​​ ​​QALBDAN ChIQQAN NIDO KUChI!

Jazoirlik yoshi keksa bir ayol Jazoir aeroportida yolgʻiz oʻzi yigʻlab oʻtirar edi. Sababi Hajga ketayotgan tayyora u ayolni unutib, osmonu falakka koʻtarilgan va Jidda shahriga ketib boʻlgan edi. Lekin Arshning egasi boʻlmish Alloh subhanahu va taolo na Jazoir va Jidda oraligʻida qolganlarni va na osmonu yerning oraligʻida turganlarning hech birini unutib qoʻymas.

Hech narsadan xabari yoʻq uchuvchi birdan tayyoraning gumbirlagan tovushini eshitgan zahoti, Jazoir aeroportiga qaytib kelishga majbur boʻladi.

«Qiziq, tayyoraning gumbirlagan tovushi ayolning qalbidan otilib chiqqan nolalarining nidosi boʻldimikin?»
Muhandislar to tayyorani koʻzdan kechirib, tekshiruvdan oʻtkazib olgunlariga qadar aeroport xodimlari hojilarni joylashtirishga boʻsh yer izlay boshladilar. Va nihoyat keksa jazoirlik ayol yigʻlab oʻtirgan xonaga barcha hojilarni jamlaydilar. Ayol hojilarni qarshisida koʻrgach, hayratga tushadi. "Yo Alloh, men xayol qilayapmanmi yoki bu Sening Buyukligingga qilgan eʼtiqodimmi?!" deb ichida pichirlaydi.
Birozdan soʻng nuqson va aybini tekshirishga kelgan muhandislar
tayyoradan hech qanday jiddiy ayb topilmaganligini aytib, xabar beradilar.

Favqulodda vaziyatlar qutqaruv otryadi shunday deya eʼlon qiladi:
«Shuni tan olib aytamizki, bugun Hajga yoʻl olgan tayyoramiz mana shu hoji ona tufayli yarim yoʻldan qaytib keldi. U uchun 200 dan ortiq hojilar sarson etildi. U tufayli barcha muhandislar hoziru nozir boʻldi».
Hamma xodimlaru ishchilar hayratda edi.

Bu qandayin koʻz yoshlari boʻldiki, falaklarga yetib borgan boʻlsa?!
Bu qandayin (Allohga boʻlgan) ishonch boʻldiki, uning qalbidan chuqur oʻrin olgan boʻlsa?!
Bu qandayin kaftlar boʻldiki, osmon-u falakka koʻtarilganida Haqning huzuriga yetib borgan boʻlsa?!

Agarda butun olam boʻlsin sendan yuz oʻgirsa, va sen uchun barcha eshiklar berkilsa ham, shuni bilginki, Alloh taolo hech qachon seni tark etmagay.
To duolar qilinar ekan, qadardan xavotir olishga aslo oʻrin yoʻq!


@Kitoblar_uz_pdf