Masnu’ she’r «Masnu’» – arabcha san’atli, sersan’at degani. H | 📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

Masnu’ she’r

«Masnu’» – arabcha san’atli, sersan’at degani. Ham gorizantal, ham vertikal tomonidan o‘qish mumkin bo‘lgan she’r.
U murabba’ (to‘rtburchak), musoviyat tarafayn (ikki tomoni ham teng) degan atamalar bilan ham yuritiladi.

Yetti meni o‘lturgali oxir hijron

O‘lturgali qo‘yma meni qutqar ey jon

Oxir meni qutqar bu firoq asru yomon

Hijron ey jon asru yomon oh-u fig‘on


Tishing(1) dur(2), labing(3) marjon(4), xading(5) gul(6), xating(7) rayhon(8),

Yuzung(9) xur(10), soching(11) anbar(12), so‘zung(13) mul(14), menging(15) mo‘lton(16).


Mo‘lton(16) menging(15) , so‘zing(14) mul(13), anbar(12) soching(11), yuzung(10) hur(9),

Rayhon(8), xating(7), xading(6) gul(5), marjon(4) labing(3), tishing(2) dur(1).

Bu yerda birinchi misradagi so‘zlar oxirgi misrada o‘rinlarini deyarli to‘la tarzda almashtirgan holda takrorlangan.
Faqat tishing dur va xating gul takrorlarini tashkil etuvchi so‘zlarning o‘rni almashmay qolgan, xolos. Ikkinchi va uchinchi misralarda ham shu usul mavjud. Bularning barchasi Bobur mahoratining naqadar balandligining ko‘rsatkichlari bo‘la oladi.

https://t.me/ona_tilim_millat_ruhi
📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

@ona_tilim_millat_ruhi
14.61K Obunachilar
Taʼlim Toifa
Respublikamizda eng birinchilardan bo‘lgan kanalimizga xush kelibsiz! Kanalimizda ona tili va adabiyot, o'zbek tiliga oid ma'lumotlar, ta'lim yangilik...