Husni ortar yuzda zulfin anbar afshon aylagach, Sham’ ravsha | 📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

Husni ortar yuzda zulfin anbar afshon aylagach,
Sham’ ravshanroq bo‘lur torin parishon aylagach.

Yuzni gullardin bezabmu bizni qurbon aylading,
Yo yuzungga tegdi qonlar bizni qurbon aylagach?

Tiyg‘ ila paykonlaring yetti ko‘ngul bo‘lg‘och xarob,
Suv quyub tuxm ekting, ul kishvarni vayron aylagach.

Qon emaskim yopti gulgun hulla jannat xozini,
Ishq maqtulin shahid aylarda uryon aylagach

Oshkor aylab yuzin ko‘zumni hayron ayladi,
Yoshurun oldi ko‘ngul ko‘zumni hayron aylagach.

Jong‘a qo‘yg‘ach naqdi ishqing qildi ko‘nglumni halok,
O‘lturur mahramni sulton ganj pinhon aylagach.

Ey Navoiy, ishq agar ko‘nglungni majruh etmadi,
Bas nedurkim, qon kelur og‘zingdin afg‘on aylagach?!
📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

@ona_tilim_millat_ruhi
14.61K Obunachilar
Taʼlim Toifa
Respublikamizda eng birinchilardan bo‘lgan kanalimizga xush kelibsiz! Kanalimizda ona tili va adabiyot, o'zbek tiliga oid ma'lumotlar, ta'lim yangilik...