Get Mystery Box with random crypto!

#Adabiyot_vaqti Boborahim Mashrab 1.Hayot yo’li afsona | Ona tili va Adabiyot Testlari

#Adabiyot_vaqti

Boborahim Mashrab
1.Hayot yo’li afsonalarga qorishib
ketgan, surati-yu siyrati rivoyatlarda
bayon etilgan, xalq orasida halollik,
to’g’rilik, Haqqa oshiqlikning timsoli
bo’lib gavdalangan shoir kim?
Boborahim Mashrab Valibobo
o’g’li
2.Mashrab qachon va qayerda
tug’ilgan? 1653-yil Namanganda
kosib oilasida
3.Mashrabning hayot yo’li Navoiy
“Xamsa”sining qaysi qahramoniga
o’xshaydi? Farohd
4.Mashrab haqidagi ushbu ma’lumot
qayerda uchraydi: “O’spirinligida
qayerda go’riston bo’lsa , ziyorat
qilib, odamlarning suyaklarini ko’rib:
“Ey odamizod, oxiri o’lib boshingga
tushadigan ish bu”, deb yig’lardi”
“Qissasi Mashrab”
5.Bunday holatdan tashvishga tushgan
ota-onalari kimga o’qishga
topshiradilar? Katta ulamo, Haq
yo’liga boshlovchi tariqat
rahnomasi bo’lgan Mulla Bozor
Oxundga
6.Mulla Bozor Oxund Mashrabni
qayerga, kimning huzuriga yuboradi?
Koshg’arga-Ofoq Xo’ja huzuriga
7.Kim unga Mahrab nomini beradi?
Ofoq xo’ja
8.Mashrab so’zining ma’nosi nima?
Ishq sharobini ichgan
9.Mashrab necha yil Ofoqxo’ja
huzurida saboq oladi? 7yil
10.Mashrab qachon qanday vafot
etadi? 1711-yilda Balx hokimi amri
bilan Qunduz shahrida qatl etiladi
11.Mashrab o’z she’rlarini jamlab
devon tuzmagan she’rlari qanday
holatda bizgacha yetib kelgan?
“Devoni Mashrab qissalarida, turli
bayozlar va to’plamlar tarkibida
tarqoq holatda yetib kelgan
12.Nechanchi yillar oralig’ida uning
she’rlari to’plam holida bir necha
marta nashr qilingan? 1958-1980
13.Jaloliddin Yusupov tomanidan
1990-yilda uning to’plamlari qanday
nom bilan chop etildi? “Mehribonim
qaydasan”
14.Ushbu to’plam qanday janrlardan
iborat? G’azal, mustazod,
murabba’, muxammas,, musaddas,
musabba’
15.Mashrab qalamiga mansub bo’lgan
badiiy-falsafiy, diniy-axloqiy asarlarni
sanang “Mabdayi nur”, “Kimyo”