Get Mystery Box with random crypto!

Matnda bog‘lilikning quyidagi uch jihatini farqlash maqsadga m | Ona tili va Adabiyot Testlari

Matnda bog‘lilikning quyidagi uch jihatini farqlash maqsadga muvofiq:
1. Mazmuniy bog‘lilik. Bunday bog‘lilik abzas va mustaqil
gaplarni bogiovchi leksik-grammatik vositalar (leksik takrorlar, ko‘rsatish, 3-shaxsdagi kishilik olmoshlari kabi)ning qo‘llanishi orqali namoyon bo‘ladi.
2. Mantiqiy boglilik. Bunday bogiilik gaplar, abzaslar o‘rtasidagi mantiqiy munosabatlarning funksional-sintaktik vositalar (demak,shunday ekan, shunday qilib, bundan tashqari, xullas kabi kirish so‘zlar, yuqorida, quyida, endi, bundan keyin kabi so‘z va so‘z
shakllari, va, hamda, ammo, lekin, biroq kabi bog‘lovchilar va sh. k.)
orqali ifodalanishida namoyon bo‘ladi.
3. Kompozitsion bog‘lilik. Bunday bog‘lilik qayd etmoq lozimki,aniqki, ta ’kidlamoq joizki, yuqorida aytib o'tilgani kabi tarzidagi sintaktik qurilmalar yordamida ifodalanadi.