Get Mystery Box with random crypto!

ONA TILI JUDA OSON

Telegram kanalining logotibi ona_tili_juda_oson — ONA TILI JUDA OSON O
Telegram kanalining logotibi ona_tili_juda_oson — ONA TILI JUDA OSON
Kanal manzili: @ona_tili_juda_oson
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.34K
Kanalning ta’rifi

Badiiylikka yo'g'rilgan ilmiylik ! Doimo rivojlanishda bo'ling ! https://t.me/ona_tili_juda_oson
Ixlos bilan bir komilga qoʼl bergan
Yetar bir manzilga ,yetmayin qolmas .
Maxtumquli
998903045000
@Qurbonboyev_Hamid

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-07-23 05:23:26
Ko’chirma gaplarni o’zlashirma gapda aylantirishda ko’chirma gap tarkibidagi undalma qay shaklda bo’ladi?
Anonymous Quiz
28%
A) chiqish kelishigidagi to’ldiruvchiga aylantiriladi.
25%
B) undalma tushirib qoldiriladi.
30%
C) tushum kelishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to’ldiruvchiga
17%
D) qaratqich aniqlovchiga aylantiriladi.
152 voters317 views02:23
Ochish/sharhlash
2022-07-23 05:21:11
–lik qo’shimchasi yordamida qaysi so’z turkumlaridan otlar yasab bo’lmaydi?
Anonymous Quiz
14%
A) ravishlardan
19%
B) sonlardan
30%
C) berilgan so’z turkumlaridan otlar yasaladi
38%
D) fe’llardan
176 voters328 views02:21
Ochish/sharhlash
2022-07-22 08:34:41 #Брифинг
#Педагоглар_аттестацияси

Иккинчи ярим йилликда ўтказиладиган педагоглар аттестация учун ҳужжатлар қабули 1 августдан бошланади

Бу ҳақда Таълим инспекцияси ахборот хизмати раҳбари Шавкат Хўжақулов Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлигида ўтказилаётган 2022 йилнинг биринчи ярмида ўтказилган педагог кадрлар аттестацияси натижалари бўйича брифингда маълум қилди.

Жорий йилнинг 1 август кунидан бошлаб, иккинчи ярим йилликда ўтказиладиган педагог кадрлар аттестациясида иштирок этиш учун ҳужжатлар қабул қилиш бошланади.

Ушбу синовларда иштирок этиш учун педагоглар инспекциянинг pedkadr.tdi.uz сайти ёки my.gov.uz ягона интерактив давлат хизматлари портали ёки Давлат хизматлари марказлари орқали мурожаат юборишлари мумкин.

Педагог кадрлар аттестациясига оид янгиликлар билан Таълим инспекциясининг телеграм канали (@uztdi) орқали танишиб боришингиз мумкин.

Таълим инспекцияси матбуот котиби каналига уланиш
@sh_xujaqulov
2.0K views05:34
Ochish/sharhlash
2022-07-21 06:00:55 KUZGI ATTESTTATSIYA UCHUN
YANA BIR BO'LIMNI ,

NISBATAN QIYIN BO'LIMNI O'RGANISHNI BOSHLAYMIZ .

MORFEMIKA -QO'SHIMCHALAR XONADONIGA MEHMON BO'LAMIZ !

BIZ BILAN MORFEMIKA BO'LIMINI OSON O'RGANMOQCHI BO'LSANGIZ

TO'LOV QILISH BOSHLANDI !

IYUL-2022 ( MORFEMIKA)


NARXI O'SHA O'SHA -50 MING

DARS SHAKLI AUDIO TUSHUNTIRISH
HAR BIR MAVZUDAN KEYIN MUSTAHKAMLOVCHI TESTLAR BERILADI . ..NASIB QILSA MORFEMIKADAN MUAMMONGIZ QOLMAYDI .VARIANTLARDAN MORFEMIKAGA OID TESTLARNI KO'RSANGIZ SUYUNADIGAN BO'LASIZ .ISHONAVERING !

PLASTIK RAQAM :
UZCART
8600 3104 1874 8109

HUMO :
9860 0803 9105 3735
X Kurbanbayev nomida
TEL :90 304 50 00

Pullik kanalaga ulanish uchun Ko'rsatilgan plastik raqamga klik yoki boshqa to'lov usullari oraqali pul o'talkazib xabar bering
@Qurbonboyev_Hamid ga murojaat qilishingiz mumkin!
1.9K views03:00
Ochish/sharhlash
2022-07-21 05:28:23 4 TEST TAHLILI AVHUST -2022

Men unga javob berdim: «Mutolaa qilganlarga safo, eshitganlarga shifo baxsh etadigan «Guliston» nomli kitob yozishim mumkin. Shu so'zlar og'zimdan chiqmasdan do'stim etagimga yopishib xitob qildi: «...odam va'da berdimi, va'dasiga vafo qilmog'i lozim».
Ushbu matnda nechta yasama so'z bor?
A) 7 ta
B) 6 ta
C) 5 ta
D) 8 ta

Testga bir butun holda qarashga o’rganing ! Ko’pchilik testni bir boshdan yana savol qismidan o’qishni boshlaydi . Masalan ,olaylik shu testni bir boshdan o’qisangiz ,bu test adabiyotdan ekan deb o’ylashingiz mumkin .

Telefonda test ishlab berdim ,bir o’quvchimga sinov uchun .

-Domla ,eshiting savol adabiyotdan ekan dedi :

O’zbekning kurashi hamisha halol ,
Unda yo'qdir g'irrom, yo'qdir yomonlik.
Doimo do'stlarga tilaydi kamol,
Tilaydi barchaga do'stlik, omonlik.

-Javob variantlarini eshitmasdan ham turib -Abdulla Oripov -dedim
-Yo’q .

Nahotki,deyman .Ikkilandim . -Erkin Vohidov
-Unday javob yo’q .
-Qanday javoblar bor ?
-A) Bir necha ergash gapli qo’shma gap

-Ana shunday demaysizmi ? ..bu savol ona tilidan ekanligini unga tushuntirdim .

Shuning uchu qayta aytaman ,testga bir butun holda qarashni o’rganing . Ya’ni boshiga ,oyog’iga emas bir qaraganda butun bo’y basti ko’rinsin sizga .Kamerani shunga sozlab oling . OK .




Men unga javob berdim: «Mutolaa qilganlarga safo, eshitganlarga shifo baxsh etadigan «Guliston» nomli kitob yozishim mumkin. Shu so'zlar og'zimdan chiqmasdan do'stim etagimga yopishib xitob qildi: «...odam va'da berdimi, va'dasiga vafo qilmog'i lozim».
Ushbu matnda nechta yasama so'z bor?
A) 7 ta
B) 6 ta
C) 5 ta
D) 8 ta

Testni butunicha ko’ramiz va deymiz :
Morfemikadan ekansan -a ?
Siz savolni kimligini aytib berganingizdan savol qo’rqishni boshlaydi sizdan .

Og’riqli bo’lsa ham aytaman ,maktablarda darsga kirganimda ,adabiyot darslarimda ayrim o’ta -o’ta qoloq o’quvchilarga shunday savol beraman :

-Sifat qayerda tug’ilgan ?
-Savolni o’ylab ham o’tirmaydi ,yonidagilarga qaraydi
-Toshkentda

Sinf kuladi ( metonimiya ) .Siz ham kuldingiz-a ? Aslida yig’lashimiz kerak !

Matnda nechta yasama so’z bor . Shart qiyin emas . Bizdan umumiy qilib yasama so’zlarni toppish so’ralyapti .

Savollar shunday bo’lishi mumkin edi :
1 Matndagi morfologik usulda ( ya’ni , qo’shimcha qo’shish bilan yasalgan sodda yasama so’z) ni toping
2 Matndagi kompozitsion usulda yasalgan so’zlarni ( qo’shma so’zlarni ) toping

Bizdan yasama so’zlar so’ralyapti ,qo’shimcha qo’shib yasalganini ham ,qo’shma so’zni ham topaveramiz . Qaysi birini birinchi ? – Qo’shma so’zlarni ,xususan qo’shma fe’lga e’tibor qaratamiz . Oldin qo’shma fe’lni topamiz degani emas ,ularni nazarda qochirmaslik . Futbolda ham jamoa treneri raqib jamoadagi eng yaxshi o’ynaydigan futbolchini aniqlab o’z jamoasiga tayinlab qo’yadi :
Sen palonchini poylaysan ,to’p tepishiga ,gol urishiga imkon bermaysan -deb .
Sizga ham tayinlayman ,qo’shma fe’llarni nazardan qochirmang . ok .


Men unga javob berdim: «Mutolaa qilganlarga safo, eshitganlarga shifo baxsh etadigan «Guliston» nomli kitob yozishim mumkin. Shu so'zlar og'zimdan chiqmasdan do'stim etagimga yopishib xitob qildi: «...odam va'da berdimi, va'dasiga
vafo qilmog'i lozim».

Qo’shma fe’llarning o’zi 6 ta ekan . Yana qaraymiz va ko’ziimiz -nomli ( otdan yasalgan sifat ) ; Guliston –( o’rin joy nomi ) ga tushadi . 6+2 necha edi ?

1)javob berdim: javob (ot) + berdim (fe'l) = yasama fe'l;
2)mutolaa qilganlarga: ot + fe'l = yasama fe'l;
3)baxsh etadigan: ot + fe'l = yasama fe'l;
4)Guliston: gul (ot) + iston (ot yasovchi qo'shimcha);
5)nomli: nот (ot) + // (sifat yasovchi qo'shimcha);
6)xitob qildi: ot + fe'l = yasama fe'l;
7)va'da berdimi:ot + fe'l = yasama fe'l;
8)vafo qilmoq: ot + fe'l = yasama fe'l. J

To’g’ri javob: 8 ta.
RAHMAT HAMMAGA !

IYUL -2022 MORFEMIKA KANALIDA MANA SHUNDAY TESTLARNING AUDIO TAHLILLARI BERILADI . ULANINGLAR ,BIZ SIZLARNI KUTAYPMIZ .DARSLAR 30 KISHI BO’LGANDA BOSHLANADI .

HAMID QURBONBOYEV

https://t.me/ona_tili_juda_oson
1.8K viewsedited  02:28
Ochish/sharhlash
2022-07-21 04:41:18
Unga javob berdim«Mutola qilganlarga safo, eshitganlarga shifo baxsh etadigan «Guliston» nomli kitob yozishim mumkin. .do'stimetagimga yopishib xitob qildi«odam va'da berdimi va'dasiga vafo qilmog'i lozim»
Ushbu matnda nechta yasama so'z bor?
Anonymous Quiz
16%
A) 7 ta
31%
B) 6 ta
37%
C) 5 ta
16%
D) 8 ta
487 voters1.7K views01:41
Ochish/sharhlash
2022-07-20 05:20:43 3 TEST TAHLILI AVGUST -2022

Qaysi so’zdan fe’lning mayl shakllaridan biri bilan shakldosh bo'la oladigan qo'shimcha orqali fe'l yasash mumkin?
A) suv
B) ikki
C) boy
D) sava

Test ishlaganda eng muhimi bu ishni nimadan boshlashni bilish . Aytaylik siz osh qilyapsiz eng birinchi gurunchni keyin sabzini solmaysiz qozonga ,shunaqami ?

Savol shartida -fe’l mayllaridan biri deb boshlayapti .Xayolingiz fe’l mayllariga ketadi . Fe’lni yomon ko’rishingizni eslaysiz .-Qiyin testlarni tashlab ketavering -degan yana bir boshqa gapni eslaysiz . Yana fe’l mayllariga qaytasiz . Fe’l mayllari bilan nisbat qo’shimchalarini ,nisbat qo’shimchalari bilan fe’lning vazifa shakllarini adashtirib yuborishingiz ko’z oldingizga keladi ..Bu yoqda esa vaqt ketyapti …
Qachon shunday holga tushsangiz javoblarga qarang . Fe’l mayllari qo’shimchalari 20 ga yaqin . Javoblar esa 4 ta xolos -A,B ,C,D
Savol shartiga ko’ra berilgan so’zlardan fe’l yasang .

A) suv -suvsa ( -sa yordamida fe’l yasadik )
B) ikki -ikkilan ( -lan yordamida fe’l yasadik )
C) boy -boyi ( -i -yordamida fe’l yasadik )
D) sava -la ( -la -yordamida fe’l yasadik )

Bularning ichidan qaysi biri -fe’l mayllari bilan shakldosh ..Topdim .Topdim .
Nimani topdingiz . Shart mayli -sa .Shart mayli -sa .

Ha ,to’g’ri javob : A

Fe'lning shart mayli shakli qo'shimchasi -sa.
"A" javobdagi suv so'zidan -sa fe'l yasovchi qo'shimcha yordamida fe'l yasash mumkin: suvsa.

Rahmat hammaga !

Hamid Qurbonboyev

https://t.me/ona_tili_juda_oson
2.1K views02:20
Ochish/sharhlash
2022-07-20 05:06:31
Qaysi so’zdan fe’lning mayl shakllaridan biri bilan shakldosh bo'la oladigan qo'shimcha orqali fe'l yasash mumkin?
Anonymous Quiz
42%
A) suv
8%
B) ikki
23%
C) boy
26%
D) sava
559 voters1.8K views02:06
Ochish/sharhlash
2022-07-20 04:39:37 2-TEST TAHLILI AVGUST -2022

Yasama ravishning yetakchi –morfemasida unli va birgina jarangsiz undosh qatnashgan gapni toping.
A) Yaxshilikcha quloq soling gapimga
B) Qiz yer ostidan mayin kulib yigitga qaradi
C) O'z fikringizni ochiqchasiga bayon etsangiz, tushunamiz
D) Kelajakda yorqin hayotga erishish uchun astoydil harakat qilmoq lozim


Yasama ravish ? yetakchi morfema ? unli va jarangsiz undoshdan tashkil topgan so’z ?

Javoblarga ko’z yugurtirib yasama ravishni qidiramiz
Ravish degani aksar fe’l yonida keladi .Buni bilasiz !

A) yaxshilikcha quloq soling

B) bu javobda yasama ravish yo’q ekan

C) ochiqchasiga bayon etsangiz

D) astoydil -ravishi bor lekin u yasama emas ,qolaversinmi ? Keyingi safar yasama so’z bilan birga kelarkan ! Qolaversinmi ?
-Yo’q chiqib ketsin !


Bizda A va C javoblar nomzod bo’lib turibdi . Yana savolga yuzlanamiz ! yetakchi morfemasi bir bo’g’inli bo’lsin va o’sha bo’g’in birgina unli va jarangsiz undoshdan iborat bo’lsin ..
Javoblarni ko’rib chiqamiz .

A) yaxshilikcha – ravish .yasama ravish .Asosi -yaxshi -yasalish uchun asosi -yaxshilikcha – yasalma – yaxshilikcha …Otdan ravish yasaldi .

Yetakchi morfema -bu asos . Ko’makchi morfema bu-qo’shimcha . Morfema bu -asos ham qo’shimcha ham .
Demak ,A javobdagi -yaxshilikcha -so’zining asosi -yaxshi -va u birgina tovushdan iborat emas !


C) ochiqchasiga -asosi ,ya’ni yetakchi morfemasi -och ,ochiq-sifat yasalgan ,ana undan so’g’in (so’ng demoqchiman hech qanaqa imloviy xató qilganim yo’q shunaqa antiqa so’zlarni ,buvimdan eshitganman ,ishlatishni yaxshi ko’raman ) -chasiga -ravish yasovchi qo’shimcha bilan -yasama ravish yasalgan .
Bizga kerakli joyi -och -so’zi bir bo’g’indan iborat ,bir unli va bir undoshdan ..


Biz to’g’ri javobni topdik . Rahmat hammaga ,dermidik . To’g’ri javob -C


Morfemika o’rganayotganda testlar ishlaymiz . Va ko’plab qo’shimchalarga duch kelamiz . Maslahatim ,har bir qo’shimchaga duch kelganda uni gapga soling .Qanday qilib ? Mana bunday qilib :

-yaxshilikcha …-cha yana qanday o’rinlarda kelasan ?
Sizga aytadi :
-kichraytirish erkalash qo’shimchasiman .M: kitobcha , sumkacha ,mushukcha (bizda mishiqcha deyiladi -ana sizga fonnetik o’zgarish ,dahshat) .

-chasiga

Harbiychasiga ,andijonchasiga , erkakchasiga gaplashamiz ,ochiqchasiga gaplashamiz ..boshqa misol kelmayapti . Nega ?
-Ochiqchasiga gaplashamiz -degan ko’rsatuvga ketdi ,xayol .
-Hey sizlar birovlarni muammosini ko’rib -achingandan ,hayratlangandan ,suyungandan ko’ra -o’zingizni o’ylang . Bolangizni o’ylang ! Hayotdagi oliy maqsadingizni o’ylang..
Attestatsiyani o’ylang !
-Pullik kanalga ulanaylik .Iyul-2022 Morfemika shunaqami ? Oson o’rganamiz , attesttasiyadan zo’r o’tamiz shunaqami ?
-Shunaqa ,shunaqa .

Hamid Qurbonboyev

https://t.me/ona_tili_juda_oson
2.0K viewsedited  01:39
Ochish/sharhlash
2022-07-19 21:54:28
Yasama ravishning yetakchi –morfemasida unli va birgina jarangsiz undosh qatnashgan gapni toping.
Anonymous Quiz
17%
A) Yaxshilikcha quloq soling gapimga
15%
B) Qiz yer ostidan mayin kulib yigitga qaradi
54%
C) O'z fikringizni ochiqchasiga bayon etsangiz, tushunamiz
14%
D) Kelajakda yorqin hayotga erishish uchun astoydil harakat qilmoq lozim
609 voters2.0K views18:54
Ochish/sharhlash