Get Mystery Box with random crypto!

3 TEST TAHLILI AVGUST -2022 Qaysi so’zdan fe’lning mayl shak | ONA TILI JUDA OSON

3 TEST TAHLILI AVGUST -2022

Qaysi so’zdan fe’lning mayl shakllaridan biri bilan shakldosh bo'la oladigan qo'shimcha orqali fe'l yasash mumkin?
A) suv
B) ikki
C) boy
D) sava

Test ishlaganda eng muhimi bu ishni nimadan boshlashni bilish . Aytaylik siz osh qilyapsiz eng birinchi gurunchni keyin sabzini solmaysiz qozonga ,shunaqami ?

Savol shartida -fe’l mayllaridan biri deb boshlayapti .Xayolingiz fe’l mayllariga ketadi . Fe’lni yomon ko’rishingizni eslaysiz .-Qiyin testlarni tashlab ketavering -degan yana bir boshqa gapni eslaysiz . Yana fe’l mayllariga qaytasiz . Fe’l mayllari bilan nisbat qo’shimchalarini ,nisbat qo’shimchalari bilan fe’lning vazifa shakllarini adashtirib yuborishingiz ko’z oldingizga keladi ..Bu yoqda esa vaqt ketyapti …
Qachon shunday holga tushsangiz javoblarga qarang . Fe’l mayllari qo’shimchalari 20 ga yaqin . Javoblar esa 4 ta xolos -A,B ,C,D
Savol shartiga ko’ra berilgan so’zlardan fe’l yasang .

A) suv -suvsa ( -sa yordamida fe’l yasadik )
B) ikki -ikkilan ( -lan yordamida fe’l yasadik )
C) boy -boyi ( -i -yordamida fe’l yasadik )
D) sava -la ( -la -yordamida fe’l yasadik )

Bularning ichidan qaysi biri -fe’l mayllari bilan shakldosh ..Topdim .Topdim .
Nimani topdingiz . Shart mayli -sa .Shart mayli -sa .

Ha ,to’g’ri javob : A

Fe'lning shart mayli shakli qo'shimchasi -sa.
"A" javobdagi suv so'zidan -sa fe'l yasovchi qo'shimcha yordamida fe'l yasash mumkin: suvsa.

Rahmat hammaga !

Hamid Qurbonboyev

https://t.me/ona_tili_juda_oson