Get Mystery Box with random crypto!

OTAM... Bahordagi yashil barg kuzda xazon boʻlgaydur, Soxta i | Ona xaqida sherlar ✔

OTAM...

Bahordagi yashil barg kuzda xazon boʻlgaydur,
Soxta ishqu muxabbat soʻzda xazon boʻlgaydur,
Dustki sodiq emasdur yuzda arzon kulgaydur,
Ota baridan ulugʻ, barchasidan azizroq!.

Yiqildim boshimda qon, atrofda kas qolmadi,
Gʻam daryosida qoldim, ilinjga xas qolmadi,
Duo qilib turardi, hech kimdan past boʻlmadim,
Ota baridan ulugʻ, barchasidan azizroq!

Suyanchim otam borki, boshim osmondan baland,
Omad tulporim chopar, borki imkonim talay,
Birdan kamu birdan koʻp, yashar edim har qalay,
Ota baridan ulugʻ, barchasidan azizroq!

Dunyo turguncha turing, boshimda tojim otam,
Xayolimdagi Hotam, saxiy zot hojim otam,
Sizla boʻlardim har on, boʻlsa ilojim otam,
Ota baridan ulugʻ, barchasidan azizroq!!

ANVAR USMON!

@Ona_haqida_sherlar
𝙾𝚝𝚊 𝚘𝚗𝚊𝚜𝚒𝚐𝚊 𝚖𝚎𝚡𝚛𝚒𝚋𝚘𝚗𝚕𝚊𝚛 𝚔𝚊𝚗𝚊𝚕𝚒..!

𝚈𝚊𝚚𝚒𝚗𝚕𝚊𝚛𝚒𝚗𝚐𝚒𝚣𝚐𝚊 𝚞𝚕𝚊𝚜𝚑𝚒𝚗𝚐,

https://www.instagram.com/Ona_haqida_sherlar