Get Mystery Box with random crypto!

ONALAR OYOGI OSTIDA JANNAT! Bola belda deydilar,so'nmay tursa | Ona xaqida sherlar ✔

ONALAR OYOGI OSTIDA JANNAT!

Bola belda deydilar,so'nmay tursa ehtiros,
YOr topilar har yoshda dillar dilga kelsa mos.
Bir gapim bor, birodar, yodda saqla, iltimos
O'z onangday mehribon ona topmoq chorasiz.

Do'st topilar har kimga yaxshi yomon kunda ham
Yo'l topadi har karvon oysiz qaro tunda ham
Butun dunyo qo'lingda bo'lib tursa, shunda ham
O'z onangday hokisor ona topmoq chorasiz.

Omad seni yo'qlasa- yotlar yaqin,qarindosh
Omad ketsa yaqin ham g'iybat qilib otar tosh
Ming yalinma mingtaga ohlar urib, to'kib yosh
O'z onangday hokisor ona topmoq chorasiz.

Ne qilsa ham bandasan,jon omonat bu taning,
Donomisan, nodonmi, o'zingga xos dushmaning,
Borda qadr qilmasang,yo'qda ne naf pushmoning.
O'z onangday mehri bor ona topmoq chorasiz.

Tur, birodar, eng aziz mehmoningdan xabar ol,
Dunyolardan kech bugun, suhbatin ol, birga qol.
Bilsang onang yo'l kutar, sochlari oq, qaddi dol,
O'z onangday senga zor ona topmoq chorasiz!

@Ona_haqida_sherlar
Ota onasiga mexribonlar kanali

Yaqinlaringizga ulashing, obuna boʻlishni unutmang.