Get Mystery Box with random crypto!

«OTA ONA QADRI» Musofirlik sinar ekan yig‘ib sabrin, Sindiris | Jannatim onam

«OTA ONA QADRI»

Musofirlik sinar ekan yig‘ib sabrin,
Sindirishi mumkin ekan qancha mardin.
Qadriga yet otang birla onangni do‘st,
Firoqlarda bilarkansan ular qadrin.

Topsang davlat, ko‘tarilma osmonlarga,
Amal kursing bir kun albat sinishi bor.
Hech quvonma bu o‘tkinchi dunyolarga,
Bir kun kelib bu hayotning tinishi bor.

Dard chekkanda dardlaringni olsam degin,
O‘rningga men hasta bo‘lib qolsam degin.
Mexriboning otang birla onang bo‘lar,
Xar ne sodir bo‘lganda ham bolam degan.

Ko‘ngling to‘lib, ko‘zlaringdan oqqanda yosh,
Ahvolingga nazar qilar ham ko‘z-u qosh.
Ota-onang boshlarini tutib berar,
Malomatdan boshginangga yoqqanda tosh.

Darz ketmasin senga bo‘lgan ishonch tog‘i,
Ular sendan rizo bo‘lsin xayot chog‘i.
Qadriga yet Otang birla onangni do‘st,
Nurga to‘ldir, gulga to‘ldir ko‘ngil bog‘in...



anba: @ona_haqida_sher