Get Mystery Box with random crypto!

OTA-ONAM! Umr yo‘llarida ko‘rdim ko‘p inson. Bazan mard uchra | Jannatim onam

OTA-ONAM!

Umr yo‘llarida ko‘rdim ko‘p inson.
Bazan mard uchradi, goxida nodon.
Anglab yetganim shu: xaqiqat ishon.
Boshimda tojimsiz-davlatim otam.
Qalbimning gultoji-jannatim onam.

Menga tikon kirsa, yonar yuragi.
Baxtimizni ko‘rish ezgu tilagi.
Yorug‘ olam ichra aziz keragim:
Boshimda tojimsiz-davlatim otam.
Qalbimning gultoji-jannatim onam.

Sho‘xligim qo‘shdimi sochingizga oq.
Kech qolsam yo‘limga qaraysiz mushtoq.
Xudodan umringiz so‘rayin xar choq.
Boshimda tojimsiz-davlatim otam.
Qalbimning gultoji jannatim onam!


anba: @ona_haqida_sher