Get Mystery Box with random crypto!

OMAR halil

Telegram kanalining logotibi omar_halilhikoyalari — OMAR halil O
Telegram kanalining logotibi omar_halilhikoyalari — OMAR halil
Kanal manzili: @omar_halilhikoyalari
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 184
Kanalning ta’rifi

بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم
– Hech kim tutmayotgan qo'lingizni,
Allohga uzating. Alloh doimo siz bilan.
(Kanal norasmiy.)

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 204

2022-09-01 10:40:02 Istigʻforni uyingizdayam, dasturxoningizdayam, yoʻlingizdayam, bozoringizdayam, oʻtirishingizdayam va qayerda boʻlsangiz ham aytavering. Chunki magʻfirat qachon tushishini bilmaysiz.

@omar_halilhikoyalari
Hasan Basriy Rohimahulloh.
9.3K views☞︎︎︎☾︎ ℍ ☽︎☜︎︎︎, 07:40
Ochish/sharhlash
2022-09-01 06:51:53 《 Hadeb o'ranganlar deyavermasdan yoyilib yotgan sochingdanda ko'p gunohlaringga qayg'ur, o'ranganlar sochlaridagi gunohlariga mato tashlab qo'yishgan 》

Tushundingmi?

Tegib ketgan bo'lsa teshib ketsin!
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

@omar_halilhikoyalari
10.4K views꦳꯭ꦿꦸ꯭ ꦿ𝝣꯭꯭ꦿ꯭ 𝓜𝓸𝔂𝓬𝓱𝓮𝓬𝓱𝓪𝓰𝓲𝓜 𝝣꦳ꦿꦸꦼ ꦿ , 03:51
Ochish/sharhlash
2022-09-01 06:16:00 #Rashk haqida
Davom ettiramiz
5-qism

To‘g‘ri, rashk tuyg‘usi yo‘q ayolning o‘zi bo‘lmaydi. Biroq, ayrim ayollar rashki kelganda o‘zini jilovlay olsa, yana ba’zilari quyushqondan chiqib ketib, xijolatchilikka sabab bo‘ladigan ishlarni qilib qo‘yadi. Egachi, er baribir sizniki-ku axir. Bor-yo‘g‘i, o‘zingizga oro berib, shirin so‘zlar bilan uni isitib olsangiz bas. Xunuk xatti-harakatlar bilan uni o‘zingizdan sovutib qo‘ymang.

@omar_halilhikoyalari

Ayol kishi qancha yopiq kiyinaversa, erkakning rashki ham kuchayib boraveradi. "Oldin erkak rashk qilsin, keyin ayollar yopiq kiyinadi" degan gapni ushlab olmaslik kerak.
10.1K views☞︎︎︎☾︎ ℍ ☽︎☜︎︎︎, 03:16
Ochish/sharhlash
2022-09-01 06:10:54 #Rashk haqida
4-dars

O‘g‘illaringizga yoshligidan erkak kishining vazifalarini o‘rgatib boring. Mahramlarini himoya, rashk qilish shular jumlasidandir. Masalan, do‘konga kirayotganda o‘g‘lingizga:
— Sen onang bilan turib tur, erkak kishisan, onangni himoya qilishing kerak, — deya buni singdirish mumkin.

Bu vaqtda bola garchi hech narsa qila olmasa ham o‘zida erkaklik g‘ururini his qiladi. Mahramlarini himoya qilishi lozimligini anglaydi.

Rashksiz muhabbat bo‘lmaydi. Ammo ko‘pchilik rashkda ham me'yor bo‘lishi kerak deydi. Bu me'yorni kim belgilaydi? O‘zingiz va juftingizning holatidan kelib chiqib rashkingizni o‘zingiz nazorat qiling. Hatto ikkita ayolini ikki xil rashk qiladiganlar bor. Chunki har bir insonning tabiati har xil.

Er-xotin mashinada ketayotganda mashinaning ichidagi chiroq yoniq edi. Shunda er: "Chorrahada to‘xtaganimizda chiroqni o‘chirib qo‘yaman", dedi. Ayol bundan ajablangancha: "Nega?" dedi. Er: "To‘xtaganimizda senga qarashlarini istamayman", dedi.
Ayolning bo‘g‘ziga nimadir tiqildi...

@omar_halilhikoyalari

Shunday rijollarni Alloh Jannati bilan mukofotlasin. Allohumma, amiyn
9.9K views☞︎︎︎☾︎ ℍ ☽︎☜︎︎︎, edited  03:10
Ochish/sharhlash
2022-09-01 05:03:02 Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Yangi tong, yangi kun omadli va barokatli boʻlsin.

Qalbingiz hamisha iymon va hidoyat nurlari ila xotirjamlik topsin.

Sogʻ–salomat uygʻotgan Robbimizga hamdlar boʻlsin.

@omar_halilhikoyalari

Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!
10.2K views☞︎︎︎☾︎ ℍ ☽︎☜︎︎︎, 02:03
Ochish/sharhlash
2022-08-31 21:33:52 Qur'oni karim haqida aytilgan nashid Juda ham chiroyli Sizlarga ham ilindim azizlarim Rohatlaning

@omar_halilhikoyalari
10.6K views بشرا, 18:33
Ochish/sharhlash
2022-08-31 19:12:08 "{Sinov ortidagi hijobim}" [26-qism] Onam bechora qo‘rqanidan xech kimga aytmagan bu xaqida, yuravergan indamasdan. Kenayim bir kun o‘zidan o‘zi yo‘q bo‘lib qolgan, keyin onam darrov aytganlar shunaqa shunaqa bo‘lgan ketamiz degandi deb. Xamma…
12.0K views☞︎︎︎☾︎ ℍ ☽︎☜︎︎︎, 16:12
Ochish/sharhlash
2022-08-30 16:36:01 Ustiga bosing

█▀▀▀▀▀▀▀▀▀▀▀▀▀▀▀▀█
MUHAMMAD S.A.V
█▄▄▄▄▄▄▄▄▄▄▄▄▄▄▄▄█

Payg'ambarimizni sog'inganlar bormi yozuv ustiga bosing sog'ingan bo'lsez
637 views Admin, 13:36
Ochish/sharhlash
2022-08-30 16:35:05 #Ҳадис_94

Men u zot (Rasululloh) ning odamlar «yolg‘on» deydigan narsadan biror narsaga ruxsat berganlarini eshitmaganman. Faqatgina uch narsada ruxsat berdilar:

1. Urushda;
2. Kishilar orasini isloh etishda;
3. Eri xotiniga va xotini eriga (biror kelishish yuzasidan, murosa uchun) bo‘lgan so‘zlashuvlarida.

Imom Termiziy rivoyati
@omar_halilhikoyalari
(Ummu Kulsum binti Uqba roziyallohu anhudan)
1.6K views☞︎︎︎☾︎ ℍ ☽︎☜︎︎︎, 13:35
Ochish/sharhlash
2022-08-30 15:19:48 Uylanish yoshiga yetib, hali bo‘ydoq holda yurgan yigitlarga hadeb qachon to‘y deyavermay, nega uylanmayotganini ham so‘rab qo‘ying. Balki biror yordam kerakdir.

Uylanish uchun moddiy va ma'naviy jihatdan tayyor bo‘lish kerak. Agar iqtisodi kelishmasa, pul bilan, ma'naviy jihatdan tayyor bo‘lmasa, ilm bilan yordam bering.

Qachongacha hazil-mazax, kulgidan nari bo‘lmaymiz?! Bo‘ydoq yigit qanchalar qiynalayotganini siz bir tasavvur qilib ko‘ring.

@omar_halilhikoyalari

"Yig‘lash kerak bunga, kulmoqlik emas!"
4.0K views☞︎︎︎☾︎ ℍ ☽︎☜︎︎︎, 12:19
Ochish/sharhlash