Get Mystery Box with random crypto!

OMAR halil

Telegram kanalining logotibi omar_halilhikoyalari — OMAR halil O
Telegram kanalining logotibi omar_halilhikoyalari — OMAR halil
Kanal manzili: @omar_halilhikoyalari
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 184
Kanalning ta’rifi

بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم
– Hech kim tutmayotgan qo'lingizni,
Allohga uzating. Alloh doimo siz bilan.
(Kanal norasmiy.)

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 197

2022-09-06 14:37:44
Otalar shunday bulishadi


Yemay yedirishadi, kiymay kiydirishadi
.

Toʻrt yil tinimsiz ishlab, charchab horigan bu kishi ogʻir mehnati evaziga topgan pullarini  borini oʻgʻlining universitetda oʻqishining toʻloviga  sarflagan. Oʻgʻli diplom olish chogʻida aytdiki “Dunyodagi hamma narsadan ham ortiq faxrlanadiganim, otamning borligidir!”

@Omar_halilhikoyalari
4.5K views Admin, edited  11:37
Ochish/sharhlash
2022-09-06 09:57:04 Yana bir asosiy #eslatma

Onalar, qizlaringiz sizga tashqi ko'rinishingizda ham, xarakteringizda ham ergashadi. Xalqimizda bitta gap bor "Onasini koʻrib qizini ol".

@omar_halilhikoyalari

Shuning uchun o'zingizni isloh qiling, qilayotgan amallaringizga e'tiborli bo'ling. Ertaga sizning ayollik Iffat, or-nomusingizni ko'tarib yuradi! Sizning bergan "tarbiya" ngizga yarasha...
6.9K views☞︎︎︎☾︎ ℍ ☽︎☜︎︎︎, edited  06:57
Ochish/sharhlash
2022-09-06 09:46:55 #farzand_tarbiyasi-haqida
1-dars

Ko‘p onalardan murojaatlar keladi. "Farzandimga qanday kitob o‘qittiray, qanday qilib Qur'on yodlatgizay?" Iltimosnoma bu..

Bizda avvaldan bitta gap bor. "Qush uyasida ko‘rganini qiladi" Bola ota-onaga qarab andoza oladi. Tarbiyani ona beradi.

Farzandingiz qanday bo‘lishini istasangiz, o‘zingiz avvalo shunday bo‘ling. Bolani yonida umuman musiqa, lag‘u (bekorchi) narsalarni ham qo‘yib bermang. Ko‘proq kitob o‘qing, o‘qib bering. Faqat yaxshilikni uqtiring. Kitobga qiziqtirish uchun rag‘bat kerak. "Agar bugun shuncha bet o‘qisang, aylangani boramiz yoki istaganingni olib beraman" deb rag‘batlantirish kerak.Bolani kitobga qiziqtirish yo‘llarini, yozuvchilar ham tavsiya beradi. Ana o‘shalarning darslarini ham eshitib o‘rganing.

Qur'onda ham shu. O‘zingiz Qur'on o‘qishni bilmasangiz, hozir hammada internet bor. Bepul Qur'on o‘rgatadigan kanallar, darsliklar internetda juda ko‘p. Xohish bo‘lsa bas. Bolangiz uchun o‘rganing, o‘rgating. O‘yin o‘ynayotganda ham Qur'on tinglab o‘ynasin, ko‘p-ko‘p duolar yodlatgizing.

Bolaning yonida otasini behurmat qilmang. Muammolarni bolaning yonida gaplashmang. Bolaning bolaligi yo‘qolishining ashaddiy sababi, yonida muammolar, janjallar bo‘lishi. Bu juda qattiq ta'sir qiladi.

@omar_halilhikoyalari

Har bir gapingizga, har bir qilgan harakatingizga e'tiborli bo‘ling. Bola sizga qarab o‘sib ulg‘ayadi.

Allohim, bizga ko‘zimiz quvnaydigan farzandlar ber! Amiyn!
7.1K views☞︎︎︎☾︎ ℍ ☽︎☜︎︎︎, 06:46
Ochish/sharhlash
2022-09-06 08:16:16 Rosululloh va Sahobalar

@omar_halilhikoyalari

Bir kuni Rosululloh sallallohu alayhi vasallam yig'ladilar. Buni ko'rgan sahobalar: "Sizni nima yig'latdi, Ey Allohning Rosuli?" deb so'rashdi.
U zot:
"Birodarlarimni sog'indim" dedilar. Bu gapni eshitgan sahobalar: "Ey Allohning Rosuli, biz sizning birodarlaringiz emasmizmi?" deya hayron bo'lishdi. Shunda Nabiy alayhis - salom:
"Yo'q Sizlar sahobalarimsizlar. Birodarlarim esa, mendan keyin kelib, meni ko'rmay, menga iymon keltirgan kishilardir" deb javob berdilar.

Ey Alloh bizlarni Rosululloh sallallohu alayhi vasallamni sog'ingan kishilar qatorida qil.
7.7K views☞︎︎︎☾︎ ℍ ☽︎☜︎︎︎, edited  05:16
Ochish/sharhlash
2022-09-06 07:14:29 --- Hayotingizni tozzalang.!!
Nimadan...
Nimadan emas.. Nomahramlardan.!!!


@omar_halilhikoyalari
7.6K views꦳꯭ꦿꦸ꯭ ꦿ𝝣꯭꯭ꦿ꯭ 𝓜𝓸𝔂𝓬𝓱𝓮𝓬𝓱𝓪𝓰𝓲𝓜 𝝣꦳ꦿꦸꦼ ꦿ , 04:14
Ochish/sharhlash
2022-09-06 06:42:51 Uylanish mavzusi ekan! mavzuni davom ettiramiz.

Bo'ydoq Aka-ukalar, siz uylanganimda meni bomdodga uyg'otadi, tahajjudlarni birga o'qiymiz, menga Qur'on o'qib beradi, birga dars qilamiz degan niyatlar qilasiz, lekin tayyor turingki, ba'zan ayolni bomdodga uyg'otganingizda ham dangasalik qilishi mumkin. Qolgan narsalarni aytmasa ham bo'ladi.

@omar_halilhikoyalari

Bu hayot: goh unday, goh bunday. Hammada ham, doim ham shunday bo'lavermaydi, albatta. Lekin bo'lishi mumkin. Hozir duoni ko'paytiravering, iymoni mustahkamidan nasib qilsin!
517 views☞︎︎︎☾︎ ℍ ☽︎☜︎︎︎, 03:42
Ochish/sharhlash
2022-09-06 06:19:47 O‘g‘il uylanish maqsadida dadasining oldiga kirib so‘rayapti:

― Dada, men uylanmoqchiman.
― Sen avvalo, "kechirasiz, taassufdaman", deb ayt!
― Nima uchun?
― Sen " kechirasiz, taassufdaman", deb aytgin!
― Axir nima uchun? Men nima qildim?
― Sen "kechirasiz, taassufdaman" deb aytavergin.
― Aytsanggiz-chi, men nima gunoh qildim?
― Oldin "kechirasiz, taassufdaman" de!
― Dada, iltimos! Bittagina sabab ayting!
― "Kechirasiz, taassufdaman" degin keyin aytaman.
― Yaxshi, "kechirasiz, taassufdaman".
― Ana endi uylanishga tayyorsan, o‘g‘lim, uylanaver!

@omar_halilhikoyalari

Muhtaram yigitlar, bilib oling! Qachonki hech qanday sababsiz "kechirasiz" deya olsangiz, ana shunda uylanishga tayyorsiz.

#Tabassum_vaqti
1.7K views☞︎︎︎☾︎ ℍ ☽︎☜︎︎︎, edited  03:19
Ochish/sharhlash
2022-09-06 06:09:15 #Ҳадис_97

Rasululloh dedilar:

«Alloh taolo:
«Qiyomat kuni Men uch kishi bilan xusumatdadirman.

1.Bir kishi Mening nomim bilan bir kishiga ahd beradi-da, keyin xiyonat qiladi.
2.Bir kishi ozod kishini sotib yuborib, pulini yeydi.
3.Yana bir kishi ishchini yollab ishlatadida, uning haqqini ado etmaydi»

Imom Buxoriy rivoyati
@omar_halilhikoyalari
(Abu Hurayra roziyallohu anhudan)

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.!
2.0K views☞︎︎︎☾︎ ℍ ☽︎☜︎︎︎, edited  03:09
Ochish/sharhlash
2022-09-05 21:16:55 Omar Halil Hikoyalari pinned «Nq.r: Qani ôsha madinaning, Savob tôla kôchalari... Oyning ikkiga bólingan, Môjizali kechalari... Qani Abu bakr siddiq, Qani Usmon,Umarlari, Qani bir bor tinglasaydik, Bilol aytgan azonlarin... Saotat asri azhoblari Dinichun fido jonlari, Qiroatin tinglasaydik…»
18:16
Ochish/sharhlash
2022-09-05 21:16:41 Nq.r:
Qani ôsha madinaning,
Savob tôla kôchalari...
Oyning ikkiga bólingan,
Môjizali kechalari...

Qani Abu bakr siddiq,
Qani Usmon,Umarlari,
Qani bir bor tinglasaydik,
Bilol aytgan azonlarin...

Saotat asri azhoblari
Dinichun fido jonlari,
Qiroatin tinglasaydik
Usmon ibn Affonlarin

Hatto shaytonni Qôrqitgan
Umar ibn Xattoblarin,
yiğlab,yiğlab eshitsaydik,
Rasululloh hitoblarin...

N.q.r____

Kôzlarimiz ochsak saharda ,
Bilol r.a azon aytyotgan bôlsa...
Rasululloh s.a.v bor shaharda,
Qalbda diydor umidi tôlsa...

Qalbimizga Soğinch tôlib,
Masjid tomonga yugursak...
Rasululloh s.a.v imom bôlib,
Bizlar iqtido qilib tursak...

N.q.r_

Qani endi bir bor Kôrsak
Abu bakr Siddiqlarin,
Qani bir bor hidlasaydik
Rasulullohning hidlarin,

Hech bôlmasa tushimga kirsalar,
Yôllarida kôzim intizor,
Bir bor Ummatim desalar,
Bundan uluğ qanday baht bor...

N.q.r__

@omar_halilhikoyalari


Suralgan nashida
22.6K views Admin, edited  18:16
Ochish/sharhlash