Get Mystery Box with random crypto!

Nq.r: Qani ôsha madinaning, Savob tôla kôchalari... Oyning ikk | OMAR halil

Nq.r:
Qani ôsha madinaning,
Savob tôla kôchalari...
Oyning ikkiga bólingan,
Môjizali kechalari...

Qani Abu bakr siddiq,
Qani Usmon,Umarlari,
Qani bir bor tinglasaydik,
Bilol aytgan azonlarin...

Saotat asri azhoblari
Dinichun fido jonlari,
Qiroatin tinglasaydik
Usmon ibn Affonlarin

Hatto shaytonni Qôrqitgan
Umar ibn Xattoblarin,
yiğlab,yiğlab eshitsaydik,
Rasululloh hitoblarin...

N.q.r____

Kôzlarimiz ochsak saharda ,
Bilol r.a azon aytyotgan bôlsa...
Rasululloh s.a.v bor shaharda,
Qalbda diydor umidi tôlsa...

Qalbimizga Soğinch tôlib,
Masjid tomonga yugursak...
Rasululloh s.a.v imom bôlib,
Bizlar iqtido qilib tursak...

N.q.r_

Qani endi bir bor Kôrsak
Abu bakr Siddiqlarin,
Qani bir bor hidlasaydik
Rasulullohning hidlarin,

Hech bôlmasa tushimga kirsalar,
Yôllarida kôzim intizor,
Bir bor Ummatim desalar,
Bundan uluğ qanday baht bor...

N.q.r__

@omar_halilhikoyalari


Suralgan nashida