Get Mystery Box with random crypto!

#Tuhfa #Yangi_nashr “Taʼvilot al-Qurʼon” kitobining 25- va 26 | Олий Маъҳад | Расмий

#Tuhfa #Yangi_nashr

“Taʼvilot al-Qurʼon” kitobining 25- va 26-juzlari nashr qilindi. Buyuk vatandoshimiz Abu Mansur Moturidiyning “Taʼvilot al-Qurʼon” kitobining 25 va 26-juzlari ilk bor oʻzbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi.

Ushbu asar Imom Moturidiyning Qurʼon tafsiriga oid shoh asari hisoblanadi. Asar oʻz yoʻnalishida Movarounnahrda yaratilgan ilk tafsir manbalaridan biri sanaladi. Unda oʻsha davrda faoliyati kuzatilgan deyarli barcha adashgan oqimlarga ilmiy raddiyalar berilgan.

Tarjima zamonaviy nashrlar hamda qoʻlyozmalarni oʻzaro qiyosiy solishtirish orqali mavjud xato-kamchiliklarning toʻgʻrilangani, atama va iboralarga ilmiy izohlar berilgani bilan ajralib turadi.

Maʼlumot uchun, bundan avval asarning 27-28 (bitta kitob holida), 29 va 30-poralari ham chop qilinib, eʼtiboringizga havola qilingan edi...-TII matbuot xizmati

#tuhfa #shavvol

t.me/oliymahad – diniy-ma'rifiy kanal !

Oliymahad.uz