2022-07-29 04:50:20
Shirin so'zlaring sog'indim kechir
O'zimdan kechib sevardim axir
Sevgi sharobi bunchalar taxir
Sog'indim seni o'zimdan ko'proq
Qalbimni chulg'ab olmoqda titroq
Qaniydi bir bor ko'rsaydim seni
Mayli qon yutay eslama meni
Beshavqat taqdir ayirdi bizni
Sog'indim seni o'zimdan ko'proq
Qalbimni chulg'ab olmoqda titroq
Qara sensiz qoldim bir o'zim
O'lib ketding yig'laydi ko'zim
Essiz ketding tinglolmay so'zim
Sog'indim seni o'zimdan ko'proq
Qalbimni chulg'ab olmoqda titroq
Sening yoningga borolmayapman
Qalbdagi gapni aytolmayapman
O'zga dillarni sevolmayapman
Sog'indim seni o'zimdan ko'proq
Qalbimni chulg'ab olmoqda titroq
Ortga yo'ling yo'qligin bilib
Ko'rsaydim deya orzular qilib
Hazon bo'ldim qalbimni tilib
Sog'indim seni o'zimdan ko'proq
Qalbimni chulg'ab olmoqda titroq
O'lsam bo'lmasmidi sening o'rninga
Yotsam bo'lmasmidi sening joyinga
Sog'inib ketdim, keldim qabringa
Sog'indim seni o'zimdan ko'proq
Qalbimni chulg'ab olmoqda titroq
Hamon eslayman so'ngi so'zlaring
Hayoldan ketmas shaxlo ko'zlaring
Yurak qumsaydi shirin nozlaring
Sog'indim seni o'zimdan ko'proq
Qalbimni chulg'ab olmoqda titroq
Qaniydi hozir ko'zingni ochsang
Qabrni teshib tirilib chiqsang
Xasta qalbimni bag'ringa bossang
Sog'indim seni o'zimdan ko'proq
Qalbimni chulg'ab olmoqda titroq
Qara telbalarcha sevgining kuchin
Qabringa keldim xolimni tushun
Shuncha azobmi sevgimiz uchun
Sog'indim seni o'zimdan ko'proq
Qalbimni chulg'ab olmoqda titroq
Taqdir oldida ojizman bugun
O'lib ketding bilmadim nechun
Chora qolmadi har taraf tugun
Sog'indim seni o'zimdan ko'proq
Qalbimni chulg'ab olmoqda titroq
Kechir azizim kelmayman boshqa
Sevgimni tashlab ketding qayoqqa
Suyanib qoldim qo'ltiq tayoqqa
Sog'indim seni o'zimdan ko'proq
Qalbimni chulg'ab olmoqda titoq
Shuncha yil o'tib ketibdi qara
Yurakda hamon bitmaydi yara
Sensiz yashashga ko'nikdim mana
Sog'indim seni o'zimdan ko'proq
Qalbimni chulg'ab olmoqda titoq
Qirq yillik armon bo'lib qolyapsan
Xolimni ko'rib ming bor o'lyapsan
Azob chekishimni zimdan ko'ryapsan
Sog'indim seni o'zimdan ko'proq
Qalbimni chulg'ab olmoqda titoq
Alam qilmoqda o'lib ketganing
Qo'limda joning berib ketganing
So'ngi nafasgacha sevib ketganing
Sog'indim seni o'zimdan ko'proq
Qalbimni chulg'ab olmoqda titoq
sherbek
1 view01:50