Get Mystery Box with random crypto!

OLIMPIADALAR

Telegram kanalining logotibi olimpiadalar — OLIMPIADALAR O
Telegram kanalining logotibi olimpiadalar — OLIMPIADALAR
Kanal manzili: @olimpiadalar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 10.76K
Kanalning ta’rifi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari va xalqaro olimpiada testlari, amaliy topshiriqlari. Hamkorlik va online olimpiada bo‘yicha kanal.
Barchangizga omad yor bo'lsin!!!
https://t.me/joinchat/AAAAAFRW1AQpXpLs6ttqPg

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-02-24 21:45:32 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2023-yil 9-16-fevral kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (24-26-fevral) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

@olimpiadalar
2.1K views18:45
Ochish/sharhlash
2023-02-24 10:12:01 E'LON

Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyida Fizika va Matematika fanlaridan ochiq olimpiada o'tkaziladi.

ISHTIROKCHILARGA QO'YILADIGAN TALABLAR:
Maktab turi: ixtiyoriy
(umumta'lim maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab, xususiy maktab)
Sinfi: 8-sinf yoki 9-sinf (har bir sinf uchun alohida tanlov o'tkaziladi)
Fan: Matematika yoki Fizika (bir o'quvchi faqat bitta fandan qatnashish mumkin)
Jinsi: Erkak (faqat o'g'il bolalar qatnashishi mumkin)

TAQDIRLASH:
Olimpiada g'olibi diplom va estalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.
G'olib o'quvchini tayyorlagan ustoziga va maktab rahbariyatiga alohida tashakkurnomalar taqdim etiladi!

Olimpiadaga qatnashish uchun 2023-yil 26-fevral kuni soat 09:00 gacha harbiy-akademik litseyimizga kelishingiz kerak.

Manzil: Shahrisabz shahri, Teparlik ko'chasi 1-uy. (Sobiq Iqtisodiyot kolleji)
Murojaat uchun: +99893-357-85-36
Telegram:
@maximus0131, @joniqulov
@olimpiadalar
3.8K viewsedited  07:12
Ochish/sharhlash
2023-01-05 17:42:41 Ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari uzaytiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan, umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli 2023-yilning 17-yanvarigacha davom etadi.

2022-2023-o‘quv yilining III choragi 2023- yilning 18-yanvaridan boshlanadi.

Joriy yilning 11-17- yanvar kunlari rejalashtirilgan dars mashg‘ulotlari o‘quv yili davomida boshqa mavzularda tig‘izlashtirilib o‘qitiladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati

https://t.me/olimpiadalar
8.6K views14:42
Ochish/sharhlash
2023-01-05 17:41:52 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan, ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida mavsumiy gripp kasalligi, shamollashning keskin ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 2023-yil 10-18-yanvar kunlari navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati

https://t.me/olimpiadalar
7.7K views14:41
Ochish/sharhlash
2023-01-04 14:30:35 Olimpiadada faol ishtirok etganlar uchun Sertifikat beriladi.

Buning uchun siz ko'rsatgan natijangizni @Tests_admin ga skrinshot qilgan holda yuborishingiz hamda Familiyasi, Ismi, Otasining ismi tuman, maktab ko'rinishida o'zlari haqidagi ma'lumotlari va Test topshirgan fanini berishlari talab qilinadi.
3.8K views11:30
Ochish/sharhlash
2023-01-04 13:59:36 Musiqa fani Ustozlari uchun 2023-yil ilk @olimpiadalar testlari
Kanalimiz: @talimkuni Guruh: @attestatsiya01 testi
25 ta savol · 30 soniya
4.3K views10:59
Ochish/sharhlash
2023-01-04 13:00:13 Texnologiya fani Ustozlari uchun 2023-yil ilk @olimpiadalar testlari
Kanalimiz: @talimkuni Guruh: @attestatsiya01 testi
20 ta savol · 30 soniya
5.7K views10:00
Ochish/sharhlash
2023-01-04 12:00:35 Fizika fani Ustozlari uchun 2023-yil ilk @olimpiadalar testlari
Kanalimiz: @talimkuni Guruh: @attestatsiya01 testi
25 ta savol · 45 soniya
5.8K views09:00
Ochish/sharhlash
2023-01-04 10:59:17 Matematika fani Ustozlari uchun 2023-yil ilk @olimpiadalar testlari
Kanalimiz: @talimkuni Guruh: @attestatsiya01 testi
20 ta savol · 3 daqiqa
6.5K views07:59
Ochish/sharhlash
2023-01-04 09:59:29 Informatika fani Ustozlari uchun 2023-yil ilk @olimpiadalar testlari
Kanalimiz: @talimkuni Guruh: @attesttasiya01 testi
25 ta savol · 45 soniya
7.0K views06:59
Ochish/sharhlash