Get Mystery Box with random crypto!

OLIMPIADALAR

Telegram kanalining logotibi olimpiadalar — OLIMPIADALAR O
Telegram kanalining logotibi olimpiadalar — OLIMPIADALAR
Kanal manzili: @olimpiadalar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 10.76K
Kanalning ta’rifi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari va xalqaro olimpiada testlari, amaliy topshiriqlari. Hamkorlik va online olimpiada bo‘yicha kanal.
Barchangizga omad yor bo'lsin!!!
https://t.me/joinchat/AAAAAFRW1AQpXpLs6ttqPg

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2022-12-03 09:08:30 Ona tili fanidan o'qituvchilar uchun dekabr oyi @olimpiadalar testlari
Kanalimiz @onatilibu , Guruh: @filolog_gr testi
30 ta savol · 30 soniya
4.2K views06:08
Ochish/sharhlash
2022-11-30 11:50:04
Onlayn olimpiadalar mavsumi boshlanmoqda.

6-11-dekabr kunlari yuqoridagi jadval asosida onlayn olimpiadalar oo.uzedu.uz tizimida tashkil etiladi.

Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

Onlayn olimpiadada test jarayonini boshlaganingizdan so‘ng 20 ta test topshirig‘ini bajarish uchun 1 soat vaqt beriladi.

Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish shart! https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

olympiad.uzedu.uz
@olimpiadalar
17.6K views08:50
Ochish/sharhlash
2022-11-20 06:06:45 USTOZLAR O'RTASIDA O'TKAZILADIGAN FAN OLIMPIADALARIGA TAKLIF ETAMIZ



Olimpiada o'tkaziladigan fanlar ro'yxati:

1. Ona tili va adabiyot
2. Boshlang'ich ta'lim
3. Matematika
4. Ingliz tili
5. Tarix
6. Biologiya
7. Fizika
8. Kimyo
9. Geografiya
10. Rus tili
11. Informatika

O'TKAZILISH SANASI: 2-DEKABR

Olimpiadaga ro'yxatdan o'tish uchun avval @olimpiadalar hamda @talimkuni kanaliga a'zo bo'ling va ushbu olimpiada e'lonini 9 nafar pedagogga va 3 ta ta'limga oid guruhga yuboring. Yuborganlaringizni darhol skrinshot qiling va @AsksAdminbot ga yuboring. To'liq yuborganlar avtomatik ro'yxatga olinadi.

Ushbu e'lonni targ'ib qilgan ishtirokchilargina olimpiadada ishtirok eta oladi.

Olimpiada o'tkaziladigan guruh
@Attestatsiya01

OLIMPIADA G'OLIBLARI RESPUBLIKA MIQYOSIDAGI DIPLOM BILAN, ISHTIROKCHILAR SERTIFIKAT BILAN TAQDIRLANADI

https://t.me/joinchat/AAAAAFRW1AQpXpLs6ttqPg
1.4K views03:06
Ochish/sharhlash
2022-10-24 09:06:45
Asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichi baholanishi va o‘quvchilarga ajratiladigan vaqt.

olympiad.uzedu.uz
@olimpiadalar
12.8K views06:06
Ochish/sharhlash
2022-10-24 09:06:03 Asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichi.

2022-yil 3-8-noyabr
kunlari birinchi guruh fanlaridan asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichi respublikamizning barcha hududlarida bir vaqtda tashkil etiladi.

Olimpiada matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan ikkita turda yozma va test shaklida tashkil qilinadi.
Yozma ishda ishtirokchilarga turli qiyinlik darajasidagi 5 ta yozma ish topshiriqlari (7, 7, 10, 10 va 16 balli topshiriqlar, jami 50 ball bilan baholanadi)ni bajarish uchun 180 daqiqa vaqt ajratiladi
Testda ishtirokchilarga turli qiyinlik darajasidagi 30 ta test savollari taqdim qilinib, ularni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan olimpiada bitta turda tashkil qilinadi. Ishtirokchilarga turli qiyinlik darajasidagi 5 ta masala (7, 7, 10, 10, 16 ballik masalalar)ni onlayn portalda yechishlari uchun 180 daqiqa vaqt beriladi, to‘liq ishlangan va tizimda qabul qilingan masalalarga tegishlicha ball beriladi, jami 50 ball. Ishtirokchilar masala uchun dastur kodlarini faqat C++, Python, Java dasturlash tillarida yozishlari talab etiladi.

@olimpiadalar
11.6K views06:06
Ochish/sharhlash
2022-10-11 14:38:29
Asosiy olimpiadaning II (tuman) bosqichiga start beriladi.

12-oktabr:
Matematika;
Ona tili va adabiyoti;
O‘zbek tili.

13-oktabr:
Kimyo;
Biologiya;
Informatika va axborot texnologiyalari.

14-oktabr:
Fizika;
Rus tili va adabiyoti;
Tojik tili.

15-oktabr:
Ingliz tili;
Nemis tili;
Fransuz tili.

16-oktabr:
Tarix;
Geografiya;
Qozoq tili;
Qoraqalpoq tili va adabiyoti.

olympiad.uzedu.uz

@olimpiadalar
6.3K views11:38
Ochish/sharhlash
2022-10-01 04:06:09
Ustozlar bayramingiz muborak bo‘lsin

Ustoz — otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘,
Ustozning har kalomi ilmu hikmatga to‘lug‘,
Ustozning dili ravshan, ustoz makoni yorug‘,
Unib chiqar, albatta, ustoz tashlagan urug‘,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Temur bosh qo‘ydi mangu ustozining poyiga,
Ustoz o‘xshar olamning Quyoshiga, Oyiga,
Bilim nuri yog‘ilar qadam qo‘ygan joyiga,
Yo‘llar adolat, vafo, muhabbat saroyiga,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Ustozim Bayramingiz Muborak bo‘lsin

@olimpiadalar
15.5K views01:06
Ochish/sharhlash
2022-09-30 19:29:41 Olimpiadada faol ishtirok etganlar uchun Sertifikat beriladi.

Buning uchun siz ko'rsatgan natijangizni @Tests_admin ga skrinshot qilgan holda yuborishingiz hamda Familiyasi, Ismi, Otasining ismi tuman, maktab ko'rinishida o'zlari haqidagi ma'lumotlari va Test topshirgan fanini berishlari talab qilinadi.
4.8K views16:29
Ochish/sharhlash
2022-09-30 18:13:14 Tarbiya fani Ustozlari uchun 1-oktabr @olimpiadalar testlari
Kanalimiz @talimkuni , Guruh: @attestatsiya01 testi testi
25 ta savol · 30 soniya
6.1K views15:13
Ochish/sharhlash
2022-09-30 18:13:02 Chizmachilik, Tasviriy san'at fani Ustozlari uchun 1-oktabr @olimpiadalar testlari
Kanalimiz: @talimkuni Guruh: @attestatsiya01 testi
20 ta savol · 30 soniya
5.9K views15:13
Ochish/sharhlash