Get Mystery Box with random crypto!

#IJOD_ZAVQI #NAZM Baxtning qizi Oh, qalbim bunchalar yonmasa | Ogahiy nomidagi ijod maktabi

#IJOD_ZAVQI
#NAZM

Baxtning qizi

Oh, qalbim bunchalar yonmasang otash misoli
Taftingdan jizg‘anak bo‘ladi jonim.
Ne qilay, ne deyay senga men yana
Axir, she‘r-la baxtga to‘ladi jonim.

Eng katta baxtimiz shudir aslida,
Dardimizni to‘kib sochish qog‘ozga.
Shu sabab tonglar ham kuladi bizga
Shu sabab bahor ham aylanmas kuzga.

Ruhimda kezadi baxt va muhabbat,
So‘zga sevgim eltdi dilni samoga.
O‘ksisam hamisha yonimda, yodda
Hayotim rang-barang, to‘la ma‘noga!!!

She‘r ila aylandim shamsning qiziga
Bulutlar to‘solmas aslo yuzimni.
Shu ma‘vodan yangrar she‘rim ovozi
Yomg‘ir-la baralla aytay so‘zimni.

She‘r bitsam tunlar ham jo‘rovoz menga
So‘z-la sevinch mening hamrohim o‘zi.
G‘amlar yig‘lasinlar eshitib buni-
Baxtliman, sababi MEN- BAXTNING QIZI!!!

22.07.22
23:36

Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Boynazarova Muxlisa



O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari bizning telegram kanalda:
:
https://t.me/Ogahiy_ijod_Maktabi

https://t.me/Muxlisa_Dilshodbekovna