Get Mystery Box with random crypto!

#IJOD_ZAVQI #NAZM *** Dil nedandir kemtik, o‘ksinar tunlar, S | Ogahiy nomidagi ijod maktabi

#IJOD_ZAVQI
#NAZM

***
Dil nedandir kemtik, o‘ksinar tunlar,
Shod ko‘ringan niqob ortida g‘am bor.
Balki bitilmagan she‘rlar faryodi
Ichimni timdalar takror va takror.

Ko‘nglim dengizida yuzlab she‘rlarim
Tug‘ildi-yu, ammo bitilmadi hech.
Oqqa tushirmoqni tuyib qalbimga
Oromim unutib uyg‘oqman bu kech...

22.07.22
22:47

Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Boynazarova Muxlisa



O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari bizning telegram kanalda:
:
https://t.me/Ogahiy_ijod_Maktabi

https://t.me/Muxlisa_Dilshodbekovna