Get Mystery Box with random crypto!

ONA (monalog) Ona yodingizdami yoshligimda koyiganingiz, oʻgʻ | Одилбек Қодиров | Шеьрлар

ONA (monalog)

Ona yodingizdami yoshligimda koyiganingiz, oʻgʻlim oʻqi, izlan, harakat qil, sen buyuk inson boʻlishing kerak deganingiz... Meni bugunim uchun qilgan harakatlaringiz. Qancha tunlar uyqusiz duolar qilganingiz.. Qancha mehnatlaringiz. Yodingizdami...? Barchasi, har bir soʻzingiz mening yodimda. Hamon qulogʻimda jaranglaydi. Onajon oʻylasam bir bora charchadim demabsiz... Bir bora nolimabsiz. Bir bora minnat qilmabsiz hayotingizni. Yomon kunlarimda hamisha birga, suyanchim, dildoshim boʻldingiz. Ertamga ishontirdingiz. Otam bilan yelkadosh boʻldingiz. Bugun siz aytgan kunlarda yashayabman. Yaxshi kunlarda. Siz sabab boʻlgan, siz kutgan kunlarda. Qoʻllaringiz qadogʻi, tinimsiz mehnatlaringiz, ishonchingiz, mehringiz hisobidan kelgan yaxshi kunlarda. Yoshligimni eslasam bazida yigʻlayman. Siz shunchalar mehribon edingiz, qornim toʻq boʻlishi uchun, chiroyli ustbosh kiyishim uchun, boshqalardan kam boʻlmasligim uchun tinim bilmadingiz. Hatto oʻzingizdanda meni ustun qoʻydingiz. Bu mehr ham unga extiyojim ham hamisha ortib bormoqda. Ona siz kabi meni oʻylaydigan, menga ishonadigan, yoʻlim kutadigan insonim yoʻq. Dunyoning bor tillo zariyu, bor hoyu havasidan birgina oʻgʻlim deyishingiz azizroq menga. Men uchun butun olam baxti siz. Mening yagonam, baxosiz gavharim, jannatim uzoq umr koʻring. Baxtimga hamisha omon boʻling. Allohimga shukurlar aytaman sizning boringiz uchun. Sizga oʻgʻil boʻlganim uchun. Oʻzimning onajonim.

Odilbek Qodirov


𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟