Get Mystery Box with random crypto!

QUCHOGʻIDA... Sen kimnidir quchogʻida... Meni esa tun quchoql | Одилбек Қодиров | Шеьрлар

QUCHOGʻIDA...

Sen kimnidir quchogʻida...
Meni esa tun quchoqlar.
Yoqar hijron oʻchogʻida,
Boshim sogʻinch eggan chogʻlar.

Sen kimnidir quchogʻida...
Men olisda, ojizman yor.
Armoningni firogʻida,
Yurak bilan yolgʻizman yor.

Sen kimnidir quchogʻida.
Hayolingda bilmayman kim.
Lek qalamim titrogʻida,
Sheʼrlarimda yashaysan jim.

Sen kimnidir quchogʻida,
Bugun baxtli boʻlarsan ham.
Koʻrinmas, ishq chirogʻida,
Qalbimdan duv toʻkilgan nam.

Sen kimnidir quchogʻida,
Mayli jonim baxtga toʻlgin.
Umrim yaqin yirogʻida,
Koʻrishmasak omon boʻlgin.

Odilbek Qodirov


𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟