Get Mystery Box with random crypto!

#yangi_sher DARDLAR Hayot turfa qoʻyarkan shartlar, Bosar | Одилбек Қодиров | Шеьрлар

#yangi_sher

DARDLAR

Hayot turfa qoʻyarkan shartlar,
Bosar ekan koʻngilni gardlar.
Qadimni tik tutib turibman,
Botib ketdi jonimga dardlar.

Dushmanim jim tishin qayraydi,
Men yiqilsam doʻstim yayraydi.
Burgut oʻlsa qargʻa sayraydi,
Keng maydonda qolmadi mardlar.

Sadoqatdan pul ekan alo,
Yor axtarib topganim balo.
Har sinovga boʻldim mubtalo,
Botib ketdi jonimga dardlar.

Kim zoʻr boʻldi, kimni holi voy,
Kimdan qolmas chopib turgan toy.
Xasadlar koʻp boʻlmasimdan boy,
Botib ketdi jonimga dardlar.

Hayo qilar sendan hayolim,
Savobimdan ortiq gunoxim.
Rahming shifo boʻlsin Allohim,
Botib ketdi jonimga dardlar.

Odilbek Qodirov


𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟