Get Mystery Box with random crypto!

Dear my future Tóğri juda kóp orzular qilaman , sen haqingd | ❤️Kundalik daftarcham❤️

Dear my future

Tóğri juda kóp orzular qilaman , sen haqingda, kelishing va meni qóllarimdan tutib uzoqlarga olib ketishing haqida. Baxtli hayotimiz haqida...
Bugun ózim uchun vaqt ajratib óylab kórdim. Nimani xohlayapman ózi, hayotni ertak deb óylayapmanmi ? Xuddiki mukammal bir insondek seni tezroq kelishingni kutayotganimni qara ! Axir men hozir kimman ? Orzularimdagi hayotda sen qiynalgan payting dalda berishim, sen bergan savollarga javob bera olishim, farzandlarimizga tuğilganidan islomiy ruhda tarbiya berishim kerak edi shundaymi ? Endi boshqa , ya'ni boshqa deganda real tomondan qarab kóraychi... Men nimani bilaman ? Allohning kalomi bólgan Qur'onni yod olish uyoqda tursin arab tilida bir jumlani óqiy olmaymanku, sening muammolaringni birgalikda yechish tugul , sal qiyinchilikka bardosh berolmaymanku. İlmim shunchalar kamki, qanday qilib ummatning tarbiyasi haqida qayğuray ? Bas ! Shu ondan seni kelgin demayman. Alloh asrasin seni. Men bir munosib ayol bólishim kerak. Óz oldimga qóygan maqsadlarimga erishay, qoriya bólay, ilm olay va ózgalarga ulashay, bu ochiq qolgan sochlar rómol ortiga berkinsin, asli hayot nima ekanligini anglay. Ózimdan boshqa bir Baxt qizini kashf qilayin, keyin haddim siğib sen haqingda xayol suray.

Ungacha Alloh yólingni yoritsin, sinovlaringda U kómakchi bólsin. Ózing istaganing ishonchni eng xayrli vaqtda bersin amiin ...!

#omonatimsiz