Get Mystery Box with random crypto!

#Òzimdan Shunday biri bor hayotim davomida meni yaxshi kòrad | ❤️Kundalik daftarcham❤️

#Òzimdan


Shunday biri bor hayotim davomida meni yaxshi kòradi...
Erkaligimga,
Injiqliklarimga,
Shòxliklarimga,
Qaysarliklarimga,
Xarakterimga,
Jinniliklarimga,
Xatolarimga qaramay meni sevadigan shunday biri bor...

Men umrim davomida u inson bilan faxrlanib yashab kelganman Va bundan keyin ham shunday yashayman...

Yiqilsam beminnat qòl uzatdi.
Sinsam ohista tiklardi...
Xato qilsam kechirib, peshonamdan òpardi..

Kòzimga qarab ichimdagini topishi u uchun qiyin ish emasdi...

Men hayotim davomida unga biror yordam yokida dalda berib bildimmi bilmayman balki kop ziyonim tekkandur, lekin u umrim davomida menga berilgan eng katta baxt Va eng katta Ishonch edi...

Bizning sevgimiz hozircha 19 yoshda
Bu sevgini ichida Dadam Va men ikkimiz .....

Òtkinchi dunyoda halollim Dadam....