Get Mystery Box with random crypto!

#fakultetimiz_iftixorlari “O‘rta Osiyo arxeologiyasi va dav | O'zMU Tarix fakulteti

#fakultetimiz_iftixorlari

“O‘rta Osiyo arxeologiyasi va davlatchiligi tarixi” nomli ilmiy maktab asoschichi, tarix fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi Anatoliy Sagdullayev 1951-yil 15-iyunda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan.

Anatoliy Sagdullayev 1968–1973-yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) Tarix fakultetining O‘rta Osiyo arxeologiyasi kafedrasida ta’lim olgan.

U O‘rta Osiyo arxeologiyasi, madaniyati va davlatchiligi tarixi bo‘yicha yirik mutaxassis. Olim ilgari O‘rta Osiyo arxeologiyasi faniga noma’lum bo‘lgan yodgorliklarni kashf etgan.

Anatoliy Sagdullayev – Shahrisabz shahrining 2700 yilligini asoslab berish maqsadida Kesh–Shahrisabz vohasida keng ko‘lamdagi arxeologik ilmiy-tadqiqot ishlarining tashkilotchisi va ilmiy rahbari.

Olim 2020-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi.