Get Mystery Box with random crypto!

Tarix fakultetining Arxeologiya kafedrasi qoshida 1940-yilda t | O'zMU Tarix fakulteti

Tarix fakultetining Arxeologiya kafedrasi qoshida 1940-yilda tashkil etilgan o‘quv kabinet-muzeyi faoliyat yuritmoqda.

Unga 1940-yilda Arxeologiya kafedrasining ochilishi vaqtida asos solingan.

Ushbu kabinet muzeyida talabalar turli arxeologik topilmalarni tahlil qilish, tiplarga ajratish, klassifikatsiyalash, fiksatsiya hamda restavratsiya qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni amalga oshirishadi.

Shuningdek, muzeyda arxeologik fond mavjud bo‘lib, unda kafedraning arxeologik dala topilmalari saqlanadi.