Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti Tarix yoʻnalis | O'zMU Tarix fakulteti

Oʻzbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti Tarix yoʻnalishi 4-bosqich talabasi Ozodbek Neʼmatov Islom Karimov nomidagi davlat stipendianti boʻldi. Fakultet maʼmuriyati va talabalari Ozodbek Neʼmatovni ushbu yuksak yutuq bilan chin qalbdan tabriklaydi! Uning kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Ozodbek Neʼmatov univerdsitetda oʻqish davomida quyidagi yutuqlarni qoʻlga kiritgan:
2019-yil "Men saylovga tayyorman" ko'rik-tanlov g'olibi;
4 ta xalqaro scopus bazasidagi jurnalda maqolalari nashr etilgan;
Turizm bo'yicha 1 ta patent 1 ta grant loyiha muallifi;
30 ga yaqin ilmiy-publitsistik maqolalar muallifi;
2019-yil fevraldan hozirgi kunga qadar OT-F1 109 " O'zbekistonda yer-suv munosabatlari (qadimgi kundan hozirgi kungacha)" amaliy granti a'zosi;
2019-yilda "Mevlana Exchange Coordinatorship" granti doirasida Turkiyaning Kastamonu Universitetida talaba almashinuvi asosida o'qish imkoniyatini qo'lga kiritgan.