Get Mystery Box with random crypto!

Nurli Media

Telegram kanalining logotibi nurlimedia — Nurli Media N
Telegram kanalining logotibi nurlimedia — Nurli Media
Kanal manzili: @nurlimedia
Toifalar: Bloglar , Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.69K
Kanalning ta’rifi

– Shaxsiy rivojlanish va ijtimoiy rivojlanish.
– Biznesga doir faktlar.
– Eng yangi va sara video premyeralarini berib boruvchi professional kanal.
http://Instagram.com/nurlimedia
Takliflar uchun: @erkin_hasan1

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-05 15:02:08 Million Dollarlik Xatolar-O'n to'qqizinchi bob. Audiokitob. O'zbek tilida

Kitob: • g‘oya va joyni qanday tanlash kerakligi; • moliyalashtirishni qayerdan olish; • sheriklar bilan yoxud ularsiz ishlash; • qanday qilib sizning ishtirokingizsiz ishlaydigan biznes yaratish va boshqalar haqida sizga maslahatlar beradi.

To'liq bilmoqchi bo'lsangiz:




@Nurlimedia#Audiokitoblar
3.3K views12:02
Ochish/sharhlash
2022-07-07 12:15:30 Pozitiv bo‘la olamizmi?

Endi ish boshlayotgan tadbirkorlar o'ylariga ahamiyat berishmaydi. Ular katta ehtimol bilan muvaffaqiyatga erishmasligini o'ylashadi. O'z kuchlariga shubha bilan qarashadi.

Menejment haqidagi bilimlar bilan birga pozitiv o'ylash ham juda ahamiyatli ekanligini ko'pchilik bilmaydi. Agarda sen yaxshi natijalar haqida o'ylamasdan ishga kirishayotgan bo'lsang, yutqazishingni tan olaver.

Ishla, harakat qil. Eng muhimi, sen shu ishlarni uddalay olishingga ishon. Hattoki, yo'lingdan chiqadigan to'siq ham sen uchun tajribadir.

@Nurlimedia - kanaliga obuna bo'ling!
456 views09:15
Ochish/sharhlash
2022-07-06 10:37:31 Keyingi hayotimni oxiridan boshlamoqchiman.

O‘limdan boshlaysan — darhol bitta muammo kamayadi. Qariyalar uyida ko‘zingni ochasan, kundan-kunga o‘zingni yaxshi his qilasan. Keyin seni haydab yuborishadi, chunki endi judayam sog‘lomsan.

Qanchadir muddat nafaqada yashaysan, keyin ishlashni boshlaysan. Birinchi kundanoq senga hurmat ko‘rsatishadi, tug‘ilgan kuningga soat sovg‘a qilishadi. 40 yoshingacha ishlaysan. Bezori bo‘lgan paytingacha: tungi klublar, ichkiliklar, qizlar bilan tanishuvlar. Bularning hammasi seni katta sinfga tayyorlaydi.

Keyin o‘rta sinfga o‘tasan, undan so‘ng bolakayga aylanasan va o‘yinchoqlar o‘ynaysan. Tug‘ilguningacha hech narsani o‘ylamaysan.

Vudi Allen

@Nurlimedia - kanaliga obuna bo'ling!
1.2K views07:37
Ochish/sharhlash
2022-07-05 15:01:11 Million Dollarlik Xatolar-O'n birinchi bob. Audiokitob. O'zbek tilida. 11-Bob

Kitob: • g‘oya va joyni qanday tanlash kerakligi; • moliyalashtirishni qayerdan olish; • sheriklar bilan yoxud ularsiz ishlash; • qanday qilib sizning ishtirokingizsiz ishlaydigan biznes yaratish va boshqalar haqida sizga maslahatlar beradi.

To'liq bilmoqchi bo'lsangiz:




@Nurlimedia – #Audiokitoblar
1.4K views12:01
Ochish/sharhlash
2022-07-05 14:30:31
Million dollarlik xatolar. 11-BOB

Ushbu kitob orqali siz amaldagi tadbirkorning bilim va tajribalariga ega bo‘lasiz. Albatta, faoliyat davomida biznesni barbod qilishga oid omillar yetarlicha topiladi. Ushbu kitob sizlarni ana shu xatolar bilan birma-bir tanishtiradi. Chunki tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan inson ana shu xatolarga duch kelishi aniq. Shunday ekan, ushbu kitob Sizlarga yaqin ko‘makchi bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.

To'liq bilmoqchi bo'lsangiz:




@Nurlimedia – #Audiokitoblar
1.3K views11:30
Ochish/sharhlash
2022-07-05 09:28:43 Orzu — undan unumli foydalana olgan inson ba’zan o‘zi uchun ham kutilmagan, o‘ylamagan ishlarni qilishga qodir. Orzu — inson uchun eng kerakli narsalardan biri. Insonni yashashga undovchi, unga motivatsiya beruvchi — bu orzu.

Oldingizda maqsad qo‘ying, orzular qiling. Toki siz erishishingiz mumkin bo‘lgan barchasiga erishmaguncha. Orzularingiz qisqa va kichkina bo‘lmasin. Ular nihoyatda katta va erishib bo‘lmas Everest cho‘qqisidek bo‘lsin. Shunda sizda yanada kuchli shijoat va harakat paydo bo‘ladi.

@Nurlimedia - kanaliga obuna bo'ling!
1.4K views06:28
Ochish/sharhlash
2022-07-04 19:00:00 Ideal hayot aslida o‘z qo‘lingizda

1. Sizga eng yoqadigan narsa nimaligini aniqlab olish
2. Har kuni iste’mol qiladigan zararli narsalardan voz kechish
3. Xorijiy til o‘rganish
4. Kitob o‘qish
5. Dam olish kunlarini yaxshi o‘tkazish
6. Blog yuritish yoki kundalik tutish
7. Maqsad qo‘yish
8. Ko‘zni yumib klaviaturada yozib ko‘rish
9. Ishlarni shunday yuritingki, ular sizning ishtirokingizsiz ham yurib tursin
10. Ijtimoiy tarmoqlarga ko‘p vaqt sarflamang
11. Hamma yangiliklarniyam o‘qish shartmas
12. Erta uyg‘onishni o‘rganing
13. Atrofingizda intiluvchan, omadli va teran aqlli insonlarni yig‘ing
14. Har bir lahzadan, har bir odamdan nimadir o‘rganishga urining
15. Sayohat qilishni boshlang
16. Sport bilan shug‘ullaning
17. O‘zingiz istagan narsani qiling. O‘qing, o‘rganing.

@Nurlimedia - kanaliga obuna bo'ling!
1.6K views16:00
Ochish/sharhlash
2022-07-04 09:42:58 Inson nimagadir erishishi uchun tashqi faktorlardan ko‘ra, o‘zining ichki faktorlari ko‘proq ahamiyatga ega bo‘ladi. U erinchoq bo‘lmasa, u maqsadini aniq qo‘ya olsa, u harakat qilsa, albatta, o‘ylaganlariga erishadi.

A biz esa doim kimnidir/nimanidir aybdor qilamiz. O‘quv markaziga bormoqchi bo‘lamiz-u, lekin bugun qattiq jala quygani sabab bormaymiz, trenirovkaga borishni maqsad qilamiz-u, ideal dushanbani kutamiz (aytgancha, bugun dushanba), ingliz tilini o‘rganaman deymiz-u, ammo 3 ta darsdan keyin o‘sha biz sevgan erinchoqligimiz tutadi. Xullas, ichki faktorlarni maqsadga tayyorlay olsak, nimagadir umid qilsa bo‘ladi.

Hamma narsani iloji bor. Ammo xohish va qat’iy intizom bo‘lmasa, hech narsani iloji yo‘q.

@Nurlimedia kanaliga obuna bo'ling
1.7K views06:42
Ochish/sharhlash
2022-07-03 16:01:22
BUYUK KISHILARDAN 50TA AFORIZMLAR VA HIKMATLI SO'ZLAR. Hayot uchun kerakli

Boshqa videolarimizni ko'rish uchun:




@Nurlimedia
kanaliga obuna bo'ling
2.3K views13:01
Ochish/sharhlash
2022-07-01 09:05:34 Muvaffaqiyat sari ilk qadam!

Qabul qilingan to'g'ri qaror va muntazam harakatlar sizni muvaffaqiyat tomon yetaklaydi. Shu sababli to'g'ri qarorni qabul qilishga juda ko'p narsa bog'liq.

Biror-bir yangi sohani egallamoqchi bo'lsangiz, doimo uni to'laligicha o'rganishga harakat qiling. Xususan, zamonaviy kasblarda ham. Mana shunday kasblar orasida dasturlashga talab katta bo'lsa-da, uni o'rganish uchun kuchli ishtiyoq va metin iroda talab etiladi.

Agar siz zamonaviy va talabgir hisoblangan dasturlash sohasiga qiziqsangiz va ushbu sohani o'rganish niyatida bo'lsangiz, «Najot Ta'lim» markazi sizga ushbu imkoniyatni taqdim etadi.

Kurs uchun ro'yxatdan o'ting

P. S. Unutmang, eng samarali investitsiya ilm olish uchun tikilgan sarmoyadir!

To'liq bilmoqchi bo'lsangiz:
https://telegra.ph/veb-dasturlash-05-05

@Nurlimedia – #Audiokitoblar
2.5K viewsedited  06:05
Ochish/sharhlash