Get Mystery Box with random crypto!

Inson nimagadir erishishi uchun tashqi faktorlardan ko‘ra, o‘z | Nurli Media

Inson nimagadir erishishi uchun tashqi faktorlardan ko‘ra, o‘zining ichki faktorlari ko‘proq ahamiyatga ega bo‘ladi. U erinchoq bo‘lmasa, u maqsadini aniq qo‘ya olsa, u harakat qilsa, albatta, o‘ylaganlariga erishadi.

A biz esa doim kimnidir/nimanidir aybdor qilamiz. O‘quv markaziga bormoqchi bo‘lamiz-u, lekin bugun qattiq jala quygani sabab bormaymiz, trenirovkaga borishni maqsad qilamiz-u, ideal dushanbani kutamiz (aytgancha, bugun dushanba), ingliz tilini o‘rganaman deymiz-u, ammo 3 ta darsdan keyin o‘sha biz sevgan erinchoqligimiz tutadi. Xullas, ichki faktorlarni maqsadga tayyorlay olsak, nimagadir umid qilsa bo‘ladi.

Hamma narsani iloji bor. Ammo xohish va qat’iy intizom bo‘lmasa, hech narsani iloji yo‘q.

@Nurlimedia kanaliga obuna bo'ling