Get Mystery Box with random crypto!

#Qurbon #bayrami Assalomu aleykum! Bugun Eid-Al Adha ( | 🌏 Numon Nasrullayev

#Qurbon #bayrami

Assalomu aleykum!

Bugun Eid-Al Adha (Qurbon hayiti) bayrami munosabati bilan Istanbul "Mihmandar" talabalar jamiyatida turk va chet ellik tolibi ilmlar bayramlashdik! Vatan, oila, qavm-u qarindoshdan uzoqda boʻlsak ham, bu boʻshliqni yaxshi ma'noda yaxshi insonlar bilan toʻldira olayotganimizdan xursandmiz! Bayramingiz muborak boʻlsin!

Bizda shunaqa bayramda hamma bir birini bagʻriga bosib tabriklaydi. Qora, oq, sariq ular biz uchun faqatgina rang. Dunyoda bitta irq boʻlsin - inson irqi.

@NumonNasrullayev

P.S: Jamiyatning shiori: "Biz bir millatmiz."