Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu aleykum! Menga berilgan savollar va hadik aralash 'd | 🌏 Numon Nasrullayev

Assalomu aleykum!
Menga berilgan savollar va hadik aralash "dard"larni eshitib, ushbularni yozishga qaror qildim!

Magistraturaga hujjat topshirishim kerak, ammo, xalqaro chet tilini bilish daraja sertifikati yoʻq! Sertifikatga tayyorlanayotgan edim ulgurmay qoldim. Hozir boshlasam tezkor guruhlaringizda qanchada sertifikat olsam boʻladi? Individual dars oʻting bir oy ichida oʻrganishim kerak, istalgan pulizni beraman. (Eng kulgulisi). Tezlashtirilgan guruhlar ochishibdi (kim ochgan boʻlsa endi) shunga nima deysiz, ikki oyda sertifikat olar ekanman, shunday boʻladimi? Endi nima qilaman, vaqt ham torayib qoldi. Bu yildan qolib ketamanmi?

Shu va shunga oʻxshash savollar bilan boshingizni qotirganingizdan bir foyda yoʻq. Muhimi maqsad aniq, istak kuchli boʻlsa, oldinga qarab yurishda davom eting!

Bu yildan boshlab magistratura uchun qabullar yilda ikki marta boʻladi! Demak sizda hali imkoniyat bor. 2022-2023-oʻquv yilining ikkinchi yarmida magistr boʻlish chorasi bor. Yetarki siz istakli boʻling!

Yanvar oyidagi qabullargacha siz bemalol sertifikat olishga ulgirasiz! Toʻxtamang, shashtingizni tushirmang, faqat oliy maqsadimiz magistratura boʻlib qolmasin, shunchaki maqsadga erishish yoʻlidagi bir vosita boʻlsin, shunda hammasi siz istagandek boʻladi.

@NumonNasrullayev

P.S: Ataylab aytayapman . Onlayn turk tili
kursimizda qabullar davom etmoqda!