Get Mystery Box with random crypto!

#asmaul_husna Al-Muhaymin — kuzatuvchi va qoʻriqlovchi. A | Nubuvvat Uz

#asmaul_husna

Al-Muhaymin — kuzatuvchi va qoʻriqlovchi.

Alloh taolo Al-Muhaymindir. U Rabbul olamin u yaʼni butun olamlarning tarbiyachisidir.

U butun olamlarni yaratgan va yaratgan barcha narsalarini koʻrib-kuzatib turadigan, yetishib borishi mumkin boʻlgan nuqtasiga, darajasiga yetishtirib boradigan Zotdir.

Olamlardagi eng ulkan narsalardan eng mayda zarralargacha, ulkan vaqt oraligʻidan soniyaning ulushigacha boʻlgan har bir lahza uning bu lutfi va eʼtiboridan, iltifotidan bebahra emasdir.

Bu ismi sharif “Muʼtamanun ʼalayh” deb xam bayon etiladi. Uning maʼnosi “amniyat (xavfsizlik, ishonch) berishni oʻz zimmasiga olgan” deganidir.

@Nubuvvat_uz | Yaqinlarga ulashing!