Get Mystery Box with random crypto!

#Sahobalar_siyrati Salmon Forsiy roziyallohu anhu Salmon | Nubuvvat Uz

#Sahobalar_siyrati

Salmon Forsiy roziyallohu anhu

Salmon Forsiy roziyallohu anhu milodiy 578 yilda Eronda tug‘ilgan. Asl ismini Ro‘zbeh yoki Mobah deganlar ham bor.

Isfahonning Jabbon qishlog‘ida yashagan. Forslardan islomni birinchi qabul qilgan kishidir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mashhur sahobalaridan. Qulligi tufayli Badr va Uhud janglarida qatnasha olmagan.

Keyinchalik sahobalar yordami bilan ozod bo‘lgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Xandaq va boshqa janglarda ishtirok etgan.

U kishining taqvosi, aql farosati huddi Umar roziyallohu anhunikidek ta’riflanadi. Kamtarligi bilan nom qozongan.

Salmon Forsiy roziyallohu anhu Madoin shahrining hokimi bo‘lgan vaqtda ham kamtarona hayot kechirdi.

O‘z qo‘li bilan savat to‘qib uni sotib tirikchilik qilgan. Salmon Forsiy roziyallohu anhu 36 hijriy yilda vafot etgan. Vafot etganida 80 yoshlarda bo‘lgan.

@Nubuvvat_uz | Yaqinlarga ulashing!