Get Mystery Box with random crypto!

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e’lon qilindi | NSFLA | Rasmiy kanal

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e’lon qilindi

2022-yil 23-24-25-26-iyul kunlari 6 ta oliy ta’lim muassasasining tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalari my.dtm.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, imtihonda ishtirok etgan abituriyentlar shaxsiy kabinetidan (abituriyent qayd varaqasining yuqori qismida) o‘z natijalarini bilishlari mumkin.

Bunda abituriyentning har bir bo‘lim bo‘yicha to‘plagan ballari, jami ball, 120 ballga nisbatan foiz ko‘rsatkichi va oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan beriladigan ball aks etgan.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 2022-yil 4-6-avgust kunlari my.dtm.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Apellatsiya shikoyati Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va talabgor Apellatsiya komissiyasi qarori to‘g‘risida my.dtm.uz sayti orqali xabardor qilinadi.

Belgilangan muddatdan so‘ng apellatsiya shikoyatlari qabul qilinmaydi va apellatsiya shikoyatlari qayta ko‘rib chiqilmaydi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube