Get Mystery Box with random crypto!

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonning 1-bosqichi yakunlandi | NSFLA | Rasmiy kanal

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonning 1-bosqichi yakunlandi

2022-yil 25-iyul kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlarning uchinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

Bunda bugun imtihonning yozma qismida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlarning tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi va uch kun davom etgan chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonning 1-bosqichi yakunlandi.

Shuningdek, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari davom ettirilib, 24-iyul kuni imtihonning yozma qismida ishtirok etgan abituriyentlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.

Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube