Get Mystery Box with random crypto!

Kun tartibi Murod Nazarovni bir gapi bor 'Hamma ishga ulgurib | NOU Production

Kun tartibi

Murod Nazarovni bir gapi bor "Hamma ishga ulgurib bo'midi, faqat kerakli ishga ulgurish kerak"

Kun tartibini tuzayotganda, qiladigan yumushlaringizni 4ga bo'ling:

1) shoshilinch va muhim. Bu ishlarni hoziroq bajaring. Aks holda bu o'zi bilan katta muammolarni yetaklab kelishi mumkin.

2) shoshilinch emas, lekin muhim. Bu ishlarni iloji boricha tezroq amalga oshirishga harakat qiling. Aks holda bu ham shoshilinch va muhim bo'limiga tushib qoladi. Masalan, imtihonga 1oy muddat berilgan tayyorlanishga. Agar siz har kuni oz-ozdan tayyorlanmasangiz, ohirgi 3 kun o'lib qutilib tayyorlanishizga to'ri keladi.

3) shoshilinch, lekin muhim emas. Bu ishlar siz bajarishingiz shart bo'lmagan ishlar. Bunday ishlarni boshqalarga buyuring yoki iltimos qiling.

4) shoshilinch ham emas, muhim ham emas. Bunday ishlarni kun tartibingizdan o'chirib tashlang. Bunday ishlarga choyxonaga borib dam olish, yoki vaqtni bekor o'tkazishlar kiradi.

Yana bir gap, agar siz muvaffaqiyatli va streslardan holi inson bo'lmoqchi bo'lsangiz, 2-bo'lim bilan ko'proq ishlang. Aynan shu shoshilinch emas, lekin muhim bo'limi 1-bo'limda ish ko'payib ketmasligini taminlaydi.

Bugungi ishni ertaga qoldirmang. Har ishni o'z vaqtida qiling. Zero bugun qilinishi kerak bo'lgan ishlarga ertaga ham vaqt topaolmaysiz.

#taymmenejment

https://t.me/NOU_Production