Get Mystery Box with random crypto!

Odatda biror binoga yoki xonaga kirsangiz va u yerda badbo'y h | Mukhammadaziz posts

Odatda biror binoga yoki xonaga kirsangiz va u yerda badbo'y hid dimog'ingizga urilsa ko'nglingiz behuzur bo'ladi. Lekin oradan bir muddat o'tib u yerdagi hidga o'zingiz ham moslashasiz va siz u hidni yo'qoldi, deb o'ylaysiz. Men odatda rahbarlarni o'zidan oldingi tizimni o'zgartirdim deb hisoblashini ham shunga o'xshataman. Ular aslida hech narsani o'zgartirishmaydi, shunchaki, moslashib qolgan bo'lishadi. Xuddi bizning dimog'imiz endi xonadagi badbo'ylikni sezmaganidek!