Get Mystery Box with random crypto!

YouTube'dagi manfaatli media loyihalar Bugun koʻpchilik uch | Notion

YouTube'dagi manfaatli media loyihalar

Bugun koʻpchilik uchun manfaatli boʻluvchi, oʻzbek segmenti foydalanuvchilari uchun sifatli videokontentlar tayyorlab kelayotgan YouTube sahifalarini boʻlishmoqchiman.

SUBYEKTIV

Kun.uz nashrining ajoyib loyihalaridan biri boʻlib, Jamshidxon Ziyoxonov muallifligidagi ushbu YouTube sahifasida subyektiv fikrlar aks etgan koʻrsatuvlar berib boriladi. Turli mavzulardagi koʻrsatuvlar sizni fikrlash va xulosa chiqarishga undaydi. (Loyihaning yangi "Oliy ta'lim" haqidagi soniga koʻzingiz tushgan boʻlsa kerak, zoʻr chiqqan-a!? )

Fikrlar subyektiv, xulosa o‘zingizdan!

https://www.youtube.com/c/SUBYEKTIV/

Osmondagi bolalar

Temurbek Adhamov boshchiligidagi Najot Ta'lim markazi jamoasi tomonidan tashkil qilingan ushbu loyihada hayotning past-u balandiga qaramasdan oʻz shijoat-g‘ayrati bilan yuqori marralarni zabt etgan insonlar bilan samimiy suhbat boʻlib oʻtadi. Loyihaning maqsadi bunday insonlarni ommaga tanitishdan iborat.

https://www.youtube.com/c/Osmondagibolalar/

Ular

Laziz Hamidov
muallifligidagi ushbu loyiha intervyu koʻrinishida boʻlib, insonlarning hayot prinsiplari, kasbiy faoliyati hamda jamiyatimiz haqidagi fikrlarini ochiqlashga qaratilgan. Loyihaning oxirgi kunlardagi maxsus sonlari esa aynan bir mavzuga qaratilgan boʻlib, ushbu mavzuda mutaxassislar fikri tinglanmoqda.

https://www.youtube.com/c/UlarShow/

XURMO

Ushbu loyiha oʻzbek zabon auditoriya uchun xorijiy YouTube kontentini rasmiy tarjimasi va dublyaji bilan shug'ullanadi. Qiziqarli mavzular va turli qarashlar. (Ushbu sahifani koʻpchilik maqtashgani uchun ulashmoqdaman, oʻzim ham koʻrib chiqishga harakat qilaman. )

https://www.youtube.com/c/Xurmomedia/

=====

YouTube'da foydali videokontentlar talaygina, siz qanday sahifalarni kuzatib borasiz? Fikringiz qiziq, izohlarda yozib qoldiring.

@notions_uz