Get Mystery Box with random crypto!

​​Mashxur fransuz faylasufi Deni Didro butun umr qashshoqlikda | Nota bene!

​​Mashxur fransuz faylasufi Deni Didro butun umr qashshoqlikda umr kechirgan. U 52 yoshga kirganida qizi turmushga chiqmoqchi ekanidan xabar topadi. Ammo qiziga sep qilish uchun uning puli yo'q edi. Biroq, Deni o'sha davrning eng mashxur "Encyclopedie" nomli to'plami asoschisi va muallifi edi.

Rus imperatritsasi Yekaterina Didroning moliyaviy ahvolidan xabar topgach unga shaxsiy kutubxonasini 1000 funt sterlingga (hozirgi 50 ming dollarga teng) sotishni taklif qiladi.

Ushbu savdo Didroni sharmandalikdan qutqarishi kerak edi. U dastavval o'ziga tantanavor qizil libos sotib oladi. Uning ushbu libosi shu qadar ko'rkam ediki, libos oldida uy jihozlari nihoyatda ko'rimsizdek tuyulardi. Didro bu holatdan qutilishning yagona yo'li yangi jihozlar sotib olish deb o'ylaydi. Avvaliga u eski gilamni yangisiga almashtiradi. Keyin esa uyini haykallar bilan bezaydi. Yangi oshxona stoli, ko'zgu va kreslo sotib oladi.

Biroq, yangi muhit faylasufni mamnun qilmaydi. Sababi, uni yaratish uchun katta mablag' sarflab yuborilgandi. Oqibatda Didro qarzga botib qoladi.

Keyinchalik o'zining "Eski kiyimim uchun afsusdaman" nomli essesida Didro shunday yozadi: "Men eski libosimning xo'jayini edim. Yangisining esa quliga aylandim..."

1988-yilda shu kabi holatlarni o'rganib chiqqan kanadalik olim Grant Devid Makkraken unga "Didro effekti" nomini beradi.

Nota bene!