Muallif tomonidan
o'ta bo'rttirib yuborilgan, fantastik qobiliyatlar, ideal tashqi ko'rinish va
favqulodda omadli sifatida tasvirlanadigan
personaj arxetipi. Ko'pincha bunday personajning asarga kiritilishiga
muallifning o'zini asarga "qo'shish"ga urinishi sabab bo'ladi.
"Meri Syu" termini muxlislar orasida
salbiy termin sifatida qaraladi. Chunki bunday personaj
o'ta ideallashtirib yuboriladi.
Termin
Pola Smitning 1973-yilda
"Trekka povesti" parodiyasidagi qahramon nomidan kelib chiqqan. Uning bosh qahramoni —
Meri Syu 15,5 yoshda dengiz flotining leytenanti
(eng yosh leytenant) etib tayinlangan. Muallif Meri timsolidan foydalanib,
"Star Trek" fantastik olamining haqiqiy bo'lmagan personajlari ustidan kulgan.
Nota bene!