Get Mystery Box with random crypto!

NAMOZ O'QISH TARTIBI

Telegram kanalining logotibi nomoz_organamiz — NAMOZ O'QISH TARTIBI N
Telegram kanalining logotibi nomoz_organamiz — NAMOZ O'QISH TARTIBI
Kanal manzili: @nomoz_organamiz
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.68K
Kanalning ta’rifi

Assalomu alaykum Namoz o'qish tartibi kanaliga xush kelibsiz.
Kanal admini: @Odiljon_Shokirov
@Shokirov_Odiljon

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2020-09-12 13:34:10 Iqomat takbirining lafzlari azonnikiga o‘xshaydi, farqi — bunisi tez aytiladi.
Bomdod namozining farziga quyidagicha niyat qilinadi: «Alloh rizoligi uchun bomdod namozining ikki rakat farzini o‘z vaqtida o‘qishni niyat qildim».
Qolgan qismi sunnat bilan bir xil davom etaveradi.


Manba: Muslim taqvimi Dasturi

BIZGA QO'SHILING

@Nomoz_organamiz
56.4K views𝐒𝐡𝐨𝐤𝐢𝐫𝐨𝐯 𝐎𝐝𝐢𝐥𝐛𝐞𝐤 l5:ЗԿ , 10:34
Ochish/sharhlash
2020-09-12 13:34:09 Davomi.


Rukuda uch marta «Subhana robbiyal aziym» (Ey buyuk Robbim, Sen barcha nuqsonlardan poksan), deyiladi.

5. Rukudan «Sami’allohu liman hamidah» (Alloh Uni hamd etganlarni eshitguvchidir), deb qad ko‘tariladi, bu holat «qavma» deyiladi.
Qavma holida: «Robbana lakal hamd» (Ey Robbimiz, har turli hamd-sanolar yolg‘iz Sengadir), deyiladi .

6. «Allohu akbar» deb avvalo tizzalar, ke-yin qo‘llar, so‘ng peshona va burun yerga tekkizilib, sajda qilinadi. Sajda qi-linayotganda oyoq panjalari qiblaga qaratiladi, erkaklarning tirsaklari yerga tegmaydi . Ayollar tirsaklarini yerga qo‘yadilar . Sajdada uch marta: «Subhana robbiyal a’la» (Ey ulug‘ Robbim, Sen butun nuqsonlardan poksan), deyiladi.

7. «Allohu akbar» deb sajdadan bosh ko‘tariladi va tiz cho‘kkan holda bir oz o‘tiriladi, bu holat «jalsa» deyiladi. Jalsada qo‘llar, barmoqlar o‘z holicha tutilib, songa qo‘yiladi. Barmoq uchlari tizza bilan teng bo‘lishi lozim .
Erkaklar chap oyoqlari ustiga o‘tiradilar. O‘ng oyoq panjalari qiblaga qaratiladi . Ayollar oyoqlarini o‘ng tarafdan chiqarib o‘tiradilar .

8. «Allohu akbar», deb ikkinchi marta sajda qilinadi. Sajdada uch marta: «Subhana robbiyal a’la», deyiladi. Shu bilan birinchi rakat tugaydi.

9. «Allohu akbar», deb qiyomga (tikka) turiladi.

10. Qiyomda «Bismillahir rohmanir rohiym»dan boshlab, Fotiha surasi, orqasidan bir zam sura o‘qiladi.

11. «Allohu akbar», deb ruku qilinadi. Rukuda uch marta «Subhana robbiyal aziym», deyiladi.

12. «Sami’allohu liman hamidah», deb tik turiladi, ketidan «Robbana lakal hamd», deyiladi.

13. «Allohu akbar», deb sajdaga boriladi. Sajdada uch marta «Subhana robbiyal a’la», deyiladi.

14. «Allohu akbar», deb sajdadan bosh ko‘tariladi va bir oz o‘tiriladi.

15. «Allohu akbar», deb ikkinchi bor sajda qilinadi. Sajdada uch marta: «Subhana robbiyal a’la», deyiladi.

16. «Allohu akbar», deb sajdadan bosh ko‘tarilib qa’dada o‘tiriladi va quyidagilar o‘qiladi:

«ATTAHIYYAT» DUOSI

Attahiyyatu lillahi vas-solavatu vattoyyibat. Assalamu ‘alayka ayyuhan-nabiyyu va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ibadillahis-solihiyn. Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh.

Mazmuni: Mol, badan, til bilan ado etiladigan butun ibodatlar Alloh uchundir. Ey Nabiy! Allohning rahmati va barakoti Sizga bo‘lsin. Sizga va solih qullarga Allohning salomi bo‘lsin. Iqrormanki, Allohdan o‘zga iloh yo‘q. Va yana iqrormanki, Muhammad, alayhissalom, Allohning quli va elchisidirlar.

SALOVOT

Allohumma solli ‘ala Muhammadiv-va ‘ala ali Muhammad. Kama sollayta ‘ala Ibrohima va ‘ala ali Ibrohim. Innaka hamidum-majid.
Allohumma barik ‘ala Muhammadiv-va ‘ala ali Muhammad. Kama barokta ‘ala Ibrohima va ‘ala ali Ibrohim. Innaka hamidum-majid.

Mazmuni: Allohim, Ibrohim va uning oilasiga rahmat etganing kabi, Muhammad va ul zotning oilasiga rahmat ayla, Sen hamdu maqtovga loyiq va buyuk Zotsan.
Allohim, Ibrohim va uning oilasiga barakotingni ehson etganing kabi Muhammad va ul zotning oilasi ustiga ham barakotingni ehson ayla. Sen hamdu maqtovga loyiq va buyuk Zotsan.

DUO

Robbana atina fid-dunya hasanatav-va fil axiroti hasanatav-va qina azaban-nar.

Mazmuni: «Ey Robbimiz, bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni bergin va bizni do‘zax olovi azobidan saqlagin».


17. Avval o‘ng, keyin chap yelkaga qarab: «Assalamu alaykum va rohmatulloh» deb salom berilib namozdan chiqiladi.

Shu bilan bomdod namozining ikki rakat sunnati tugaydi.
Bomdod namozining ikki rakat farzi ham xuddi shu tartibda o‘qiladi. Farqi — avvalo, erkaklar niyatdan oldin (boshqa farz namozlari oldidan ham) quyidagi iqomat takbirini aytishadi:

Allohu akbar, Allohu akbar,
Allohu akbar, Allohu akbar.
Ashhadu alla ilaha illalloh,
Ashhadu alla ilaha illalloh.
Ashhadu anna Muhammadar rosululloh,
Ashhadu anna Muhammadar rosululloh.
Hayya ‘alas-solah, hayya’alas-solah,
Hayya ‘alal-falah, hayya’alal-falah.
Qod qomatis-solah, qod qomatis-solah
Allohu akbar, Allohu akbar,
La ilaha illalloh.


Manba: Muslim taqvimi Dasturi

BIZGA QO'SHILING

@Nomoz_organamiz
58.5K views𝐒𝐡𝐨𝐤𝐢𝐫𝐨𝐯 𝐎𝐝𝐢𝐥𝐛𝐞𝐤 l5:ЗԿ , 10:34
Ochish/sharhlash
2020-09-12 13:34:09
NAMOZ O‘QISH TARTIBI

Bir kunda besh vaqt (bomdod, peshin, asr, shom va xufton) namoz o‘qish har bir musulmonga farzdir.

BOMDOD NAMOZI

Bomdod namozi ikki rakat sunnat, ikki rakat farz – jami to‘rt rakatdan iborat.
Bomdod namozining ikki rakat sunnati quyidagicha o‘qiladi:


1. «Alloh rizoligi uchun qibla tomonga yuzlanib, bugungi bomdod namozining ikki rakat sunnatini o‘qishni niyat qildim», deb ko‘ngildan o‘tkaziladi.


2. «Allohu akbar», deb iftitoh takbiri aytiladi. Bu takbirda erkaklar qo‘llar kaftini qiblaga qaratib, bosh barmoqlarining uchini quloqlarining yumshoq joyiga tekkizishadi . Ayollar qo‘llarini yelka barobarida ko‘taradilar.

3. Qo‘llar bog‘lanadi. Erkaklar o‘ng qo‘l kaftini chap qo‘l ustiga qo‘yishadi. O‘ng qo‘lning bosh va kichik barmoqlari bilan chap qo‘l bilagini ushlashadi .
Ayollar o‘ng qo‘lni chap qo‘l us-tida tutib, qo‘llarini ko‘krakka qo‘yadilar . Bu hol «qiyom» deyiladi. Qiyomda (tik turgan holda) sajda qilinadigan joyga qarab, navbati bilan, quyidagilar o‘qiladi.

SANO DUOSI

Subhanakallouhumma va bihamdika va tabarokasmuka va taa’la jadduka va la ilaha g‘oyruk.
Ma’nosi: «Allohim! Sening noming muborakdir. Shon-sharafing ulug‘dir. Sendan o‘zga iloh yo‘qdir».

FOTIHA SURASI

A’uzu billahi minash shaytonir rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym. Al hamdulillahi robbil ‘alamiyn. Ar-rohmanir rohiym. Maliki yavmiddiyn. Iyyaka na’budu va iyyaka nasta’iyn. Ihdinas sirotol mustaqiym. Sirotollaziyna an’amta ‘alayhim g‘oyril mag‘zubi ‘alayhim valazz``olliyn.

Mazmuni: Allohning dargohidan quvilgan shayton yomonligidan Allohning panohiga qochaman. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). Hamd olamlar rabbi Allohgakim, (U) mehribon, rahmli va hisob-kitob kuni (Qiyomat)ning egasidir. Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina yordam so‘raymiz! Bizni shunday to‘g‘ri yo‘lga boshlaginki, (U) Sen in’om (hidoyat) etganlarning (payg‘ambarlar, siddiq va shahidlarning) yo‘lidir, g‘azabga uchragan (Muso qavmidan itoatsizlarining) va adashgan (Iso qavmining «Allohning farzandi bor» deydigan)larning emas!
Fotiha surasidan so‘ng bir zam (qo‘shimcha) sura o‘qiladi.
Yangi o‘rganuvchilar quyidagi kichik suralardan birini zam qilishsa bo‘ladi:

KAVSAR SURASI

Inna a’toynakal-kavsar. Fa solli lirobbika vanhar. Inna shania’ka huval abtar.

Mazmuni: «(Ey Muhammad,) darhaqiqat, Biz Sizga Kavsarni* berdik. Bas, Rabbingiz uchun namoz o‘qing va (tuya) so‘yib qurbonlik qiling! Albatta, g‘animingizning o‘zi (barcha yaxshiliklardan) mahrumdir».
(Kavsar — jannatdagi bir ajib daryo yoki hovuzning nomi. Uning suvi asaldan totli, qor va suvdan oq. Undan ichgan kishi abadiy chanqoqlik ko‘rmaydi.)

IXLOS SURASI

Qul huvallohu ahad. Allohus-somad. Lam yalid. Va lam yuvlad va lam yakullahu kufuvan ahad.

Mazmuni: (Ey Muhammad,) ayting: «U — Alloh yagonadir. Alloh behojat, (lekin) hojatbarordir. U tug‘magan va tug‘ilmagan ham. Shuningdek, Unga teng biror zot yo‘qdir».

FALAQ SURASI

Qul a’uzu birobbil falaq. Min sharri ma xolaq. Va min sharri g‘osiqin iza vaqob. Va min sharrin-naffasati fil ‘uqod. Va min sharri hasidin iza hasad.

Ma’nosi: «(Ey Muhammad,) ayting: “Panoh tilab iltijo qilurman tong Parvardigoriga yaratgan narsasi yovuzligidan, tugunchaga dam uruvchi ayollar yovuzligidan hamda hasadchining hasadi yovuzligidan”».

AN-NOS SURASI

Qul a’uzu birrobin-nasi malikin-nasi ilahin-nasi min sharril vasvasil xonnas. Allaziy yuvasvisu fiy sudurin-nasi minal jinnati van-n`as.

Ma’nosi: «(Ey Muhammad,) ayting: “Panoh tilab iltijo qilurman odamlar Parvardigoriga, odamlar Podshohiga, odamlar Ilohiga yashirin vasvasachi (shayton) yovuzligidanki, (u) odamlarning dillariga vasvasa solur. (O‘zi) jinlar va odamlardandir”».

4. Zam sura tugagach, «Allohu akbar», deb ruku qilinadi. Erkaklar tirsaklari va tizzalarini bukmasdan, barmoqlarini ochgan holda, tizzalarini mahkam changallab egiladilar.
Ayollar erkaklarga nisbatan ozroq egiladilar. Tizzalarini bir oz bukadilar. Barmoqlarini jamlab tizzalarini tutadilar.

Davomi pastdagi Xabarimizda


Manba: Muslim taqvimi Dasturi

BIZGA QO'SHILING

@Nomoz_organamiz
58.3K views𝐒𝐡𝐨𝐤𝐢𝐫𝐨𝐯 𝐎𝐝𝐢𝐥𝐛𝐞𝐤 l5:ЗԿ , 10:34
Ochish/sharhlash
2020-09-03 22:25:22
АССАЛОМУ АЛАЙКУМ!

Тортиқ бўлсин сизга дуо саломлар,

Дуода энг гўзал ширин каломлар.

Илоҳо қалбингиз нурларга тўлсин,

Жума аёмингиз муборак бўлсин!

БИЗГА КÕШИЛИНГ

@Nomoz_organamiz

https://t.me/joinchat/AAAAAFGzcvLVVgCmUgHJdA
61.3K views𝗦𝗵𝗼𝗸𝗶𝗿𝗼𝘃 𝗢𝗱𝗶𝗹𝗯𝗲𝗸 ОО:Ձ5 , 19:25
Ochish/sharhlash
2020-09-03 22:25:22
"Ж" онингиз соғ,
"У" мрингиз узоқ
"М" артабангиз улуғ
"А" йёмингиз қутлуғ бўлсин

Жума айёмингиз муборак бўлсин !

БИЗГА КÕШИЛИНГ

@Nomoz_organamiz

https://t.me/joinchat/AAAAAFGzcvLVVgCmUgHJdA
42.4K views𝗦𝗵𝗼𝗸𝗶𝗿𝗼𝘃 𝗢𝗱𝗶𝗹𝗯𝗲𝗸 ОО:Ձ5 , 19:25
Ochish/sharhlash
2020-09-03 22:25:22
• ЖУМА АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН! •

• • •Роббимиз - Аллоҳ
• • •Динимиз - Ислом
• • •Қибламиз - Каъба
• • •Айёмимиз - Жума
• • •Фарзимиз - Намоз
• • •Қарзимиз - Закот
• • •Орзуимиз - Ҳаж
• • •Амалимиз - Савоб
• • •Тилимиз - Тақво
• • •Нафратимиз - Зино
• • •Севганимиз - Ҳайит
• • •Сўзимиз - Алҳамдулиллаҳ
• • •Энг катта орзуимиз - Жаннат ва Аллоҳнинг васли иншааллоҳ!

Бугун сокин осмону фалак,
Ҳамма излар Аллоҳдан кўмак!
Мусулмонмиз бу бахтдир демак,
Қадрдонлар Жума муборак!

ЖУМА МУБОРАК

БИЗГА КÕШИЛИНГ

@Nomoz_organamiz

https://t.me/joinchat/AAAAAFGzcvLVVgCmUgHJdA
39.1K views𝗦𝗵𝗼𝗸𝗶𝗿𝗼𝘃 𝗢𝗱𝗶𝗹𝗯𝗲𝗸 ОО:Ձ5 , 19:25
Ochish/sharhlash
2020-09-03 22:25:22
ЖУМА АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН!

АЛЛОҲИМ, жума кунида, сендан енгиллик, ҳурсандчилик кутиб турган бандаларинг бор, уларга хушхабар бер.

Сендан шифо сўраётганлар бор, уларга офият, шифо бер.

Сенинг раҳматингдан умидворлар бор, уларга раҳм қил.

Ҳақларига гўзал дуо кутаётган марҳумлар бор, уларнинг гуноҳларини авф эт.

АЛЛОҲИМ, жума кунида, бизларни, ота-оналаримизни, биз яхши кўрган кишиларни гуноҳларини авф этилганларингдан, улардан рози бўлганларингдан, гуноҳларини кечирганларингдан, Дўзахга ҳаром қилганларингдан, Жаннатий деб ёзганларингдан қилгин! ОМИЙН!

ЖУМА МУБОРАК БЎЛСИН!

БИЗГА КÕШИЛИНГ

@Nomoz_organamiz

https://t.me/joinchat/AAAAAFGzcvLVVgCmUgHJdA
37.1K views𝗦𝗵𝗼𝗸𝗶𝗿𝗼𝘃 𝗢𝗱𝗶𝗹𝗯𝗲𝗸 ОО:Ձ5 , 19:25
Ochish/sharhlash
2020-09-03 22:25:22
АССАЛОМУ АЛАЙКУМ!

Тортиқ бўлсин сизга дуо саломлар,

Дуода энг гўзал ширин каломлар.

Илоҳо қалбингиз нурларга тўлсин,

Жума аёмингиз муборак бўлсин!

БИЗГА КÕШИЛИНГ

@Nomoz_organamiz

https://t.me/joinchat/AAAAAFGzcvLVVgCmUgHJdA
37.1K views𝗦𝗵𝗼𝗸𝗶𝗿𝗼𝘃 𝗢𝗱𝗶𝗹𝗯𝗲𝗸 ОО:Ձ5 , 19:25
Ochish/sharhlash
2020-08-30 09:31:45 ҚИБЛАНИ АНИҚЛАШДА QIBLAFINDER.ORG КОМПЮТЕР ДАСТУРИГА АСОСЛАНСА БЎЛАДИМИ?
#намоз

489-CАВОЛ: Мен архитектор дизайнер бўлиб ишлайман. Яқинда бир масжидни қайта қуриш ишларига лойиҳа таклифини чизаётганимда бир муаммога дуч келдим. Ҳозирда лойиҳаси буюртма қилинган масжид қибласи бироз бошқа томонга қараган экан. Яқинда, 2-3 йил илгари қурилган шу тумандаги масжид қибласи эса бироз бошқа томонга қараган. Шу иш сабаб бўлиб QiblaFinder.org компютер дастури орқали кузатишлар олиб бордим. Натижада ушбу дастур янги қурилган масжиднинг қибласини тўғри эканини кўрсатмоқда. Саволим шуки, қиблани аниқлашда QiblaFinder.org компютер дастурига асослансам бўладими? Шу масалада менга ечим ва тўғри йўлни танлашда ёрдам берсангиз.

ЖАВОБ: Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳим. Қиблани аниқлашнинг бир неча хил усуллари бўлиб, замонавий дастурлардан фойдаланиш ҳам шулардан биридир. Бу мавзуда тўлиқ маълумотга эга бўлиш учун қуйидаги ҳаволага қаранг.

Албатта намознинг шартларидан бири қиблага юзланишдир. Аллоҳ таоло бу ҳақда: “Ва қаердан чиқсанг ҳам, юзингни Масжидул Ҳаром томон бур. Қаерда бўлсангиз ҳам, юзингизни у томонга буринг...” – деб марҳамат қилган (Бақара сураси 150 оят).

Шунинг учун ҳам имкони бўла туриб қиблага юзланмаган кишининг намози дуруст бўлмайди. Қадимги даврларда ҳам қиблани аниқлашни ўзига хос усуллари фиқҳ китобларимизда баён қилинган. Ҳозирги кунга келиб қиблани аниқлашда турли воситалар,иловалар, замонавий асбоблар пайдо бўлди. Аммо, шуни яхши билиш керакки, бу хилдаги замонавий воситалар Каъбанинг айни ўзини эмас балки, Макка шаҳрининг йўналишини кўрсатади. Шу сабаб, қиблани ушбу замонавий воситалар орқали аниқланганда баъзан биз қибла деб юзланган тарафдан ўнг ёки чап томонга мойилроқ қилиб кўрсатади. Бу ҳолатда Қибла ҳақида фиқҳий масъалалардан воқиф бўлмаган кишилар “Биз юзланган тараф қибла эмас экан, қибла бу томонда экан” деб, турли тушунмовчиликларни келиб чиқишига ҳам сабабчи бўладилар.

Ҳанафий уламолардан Ибн Обидийн раҳимаҳуллоҳ “Раддул Муҳтор” китобида қибладан ўнг ёки чап тарафга қирқ беш даражагача бурилиб кетмаса, намоз дуруст бўлишини айтганлар. Қирқ беш даражадан ўтиб кетса, намози дуруст бўлмайди. Шу сабабли мана шу жиҳатларини эътиборга олган ҳолда ҳозирги кунда қиблани аниқловчи мосламалардан фойдаланиш жоиз бўлади. Валлоҳу аълам.

Ўзбекистон мусулмонлари идораси
Фатво ҳайъати
. @diniysavollar

Савол йўллаш
@SavollarMuslimUzBot

БИЗГА КÕШИЛИНГ

@Nomoz_organamiz

https://t.me/joinchat/AAAAAFGzcvLVVgCmUgHJdA
50.2K views𝗦𝗵𝗼𝗸𝗶𝗿𝗼𝘃 𝗢𝗱𝗶𝗹𝗯𝗲𝗸 ll:Зl , edited  06:31
Ochish/sharhlash
2020-08-29 15:01:56 Muslim - Prayer Times, Azan, Qibla Finder, Quran by Muslim Assistant
com.hundred.qibla
Version: 4.2.04(556)
Updated: Aug 26, 2020
Size: 28.94 MB
Android version: 4.4

БИЗГА КÕШИЛИНГ

@Nomoz_organamiz

https://t.me/joinchat/AAAAAFGzcvLVVgCmUgHJdA
41.6K viewsSHOKIROV ODILBEK l٦:Оl , 12:01
Ochish/sharhlash