Get Mystery Box with random crypto!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari N
Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
Kanal manzili: @nodavlattalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 52.35K
Kanalning ta’rifi

— Respublikadagi nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalari va davlat oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar sodda tilda.
Murojaat: @nodavlatbot
Hamkorlik uchun: @nodavlattalimbot
03.09.2022

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 33

2023-08-25 14:00:45
“Rennaisance University”ga imtihonsiz qabul!

Bakalavriat yo'nalishlari:
Filologiya va tillarni o‘qitish;
Boshlang'ich ta'lim;
Menejment;
Axborot tizimlari va texnologiyalari;
Logistika;
Iqtisodiyot;
Tarix

Magistratura yo'nalishlari:
Tarix
Iqtisodiyot
Axborot tizimlari

Ta’lim turlari: Kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim
Eslatma: Abituriyentlar DTM natijalari orqali ham qabul qilinadi.

Qabul Telegram-bot orqali: https://t.me/Renaissance_test_bot

Instagram: renaissance.uni
Facebook: Renaissance University
Telegram: @renaissanceuniversitytashkent

Instagram
Facebook
Telegram

Bog’lanish:
+998 (90) 326-55-54
+998 (78) 113-77-74
+998 (98) 306-76-77

Manzil: Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Lutfiy ko’chasi, 18

Litsenziya: № 062370 08.02.2023
NTM «Renaissance University”
33.3K viewsedited  11:00
Ochish/sharhlash
2023-08-25 13:35:59 Suhbat bilan talaba bo'lish uchun texnikum bitiruvchilari baholarni soxtalashtirgan

22-avgust kuni boshlangan o‘rganishning birinchi kuni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishga tavsiya qilingan 2 ming nafardan ziyod texnikum bitiruvchilariga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar o’rganilgan.

Natijada, baholarni qalbakilashtirish, ya'ni “3” va “4” baholarni “5” bahoga o‘zgartirganlik holatlari hamda tegishli nizom talablariga zid bo‘lgan 68 ta holat aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
17.7K views10:35
Ochish/sharhlash
2023-08-25 13:02:44
TMC Xalqaro Institutida imtihonsiz talaba bo'ling.

Milliy dasturlar (kunduzgi va sirtqi):
• Iqtisodiyot;
• Pedagogika va psixologiya;
• Boshlang’ich ta’lim;
• Maktabgacha ta’lim.

Singapurdagi TMC Akademiyasining bir qismi bo'lgan Toshkentdagi TMC Institutida sifatli ta'lim olish imkoniyatini qo'ldan boy bermang.

Roʻyxatdan oʻtish: tmci.uz/apply
Telefon: +998712070032

Litsenziya (№032937, 21.07.2022-y.)

Telegram | Instagram
18.4K views10:02
Ochish/sharhlash
2023-08-25 12:37:01
#Rasmiy_munosabat

Xususiy OTMlarda pedagogik yo‘nalishlarning sirtqi ta'lim shakliga qabul to‘xtaganmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat OTMlari pedagogik yo‘nalishlarga sirtqi o‘quv shakliga qabul to‘xtaganini, shuning uchun ham bu yo‘nalishda xususiy OTMlarda ham sirtqida o‘qilsa, diplom tan olinmasligi mumkinligi haqidagi xabarlar aholi va jamoatchilik o‘rtasida turlicha talqin qilinmoqda.

Ushbu xabarlar yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Prezidentning 289-son qaroriga asosan 2023/2024-o‘quv yili qabulida pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha faqat sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmadi (ro‘yxat), qolgan kunduzgi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha hujjatlar qabul qilish belgilangan.

Bundan tashqari, ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga kamida 5 yil staj talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari tasdiqlangan. Bular:

1. Boshlang‘ich ta’lim
2. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
3. Musiqa ta’limi
4. Jismoniy madaniyat
5. Texnologik ta’lim

Yuqoridagilardan kelib chiqib, PQ-289-son qarorida ko‘rsatilgan 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirmaslik talabi barcha (davlat/nodavlat) ta’lim tashkilotlariga taalluqli bo‘lib, ularga hujjatlar qabul qilish qaror talablariga zid hisoblanadi (o‘tgan yilgi qabullar bundan mustasno).

Biroq, ushbu yo‘nalishlarning kunduzgi va kechki ta’lim shakllari uchun qabul amalga oshirish mumkin.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
21.8K viewsedited  09:37
Ochish/sharhlash
2023-08-25 12:07:02 Hali imkon bor! "Yiqilgan" abituriyent ham talaba bo‘lishi mumkin!

Hujjatlar 5- sentyabrgacha onlayn shaklda va hududiy boʻlimlarda amalga oshiriladi.

Ma'lumki, deyarli barcha OTMlar to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish balli (maksimal 189 ballning 30 foizi), yaʼni 56,7 balldan past ball toʻplaganlar uchun ham talaba boʻlish imkoniyatini taqdim etadi.

Yaʼni abituriyentlar belgilangan kvota bo‘yicha o‘qishga kirolmagan taqdirda SUPER KONTRAKT asosida o'qishga qabul qilinadilar. Lekin siz Super kontrak toʻlab oʻqishga kirishga shoshilmang, otning kallasidek 200 mlnlab kontrak toʻlashdan koʻra yaxshiroq variantlar bor.

Misol uchun, biz sizga 40 ga yaqin yoʻnalishlari, dual taʼlim asosida ham oʻqib ham ishlash imkoniyati mavjud boʻlgan TOP Xususiy Renessans taʼlim Universitetda oʻqishni tavsiya qilamiz!

Oʻqishni "перевод" qilish imkoniyati ham mavjud!

Kontrakt 12 mlndan boshlanadi, 4 ga boʻlib toʻlash mumkin!

Qoʻshimcha savollar boʻlsa, murojaat qiling:
+998555067007 | Yozish

Manba

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
19.5K viewsedited  09:07
Ochish/sharhlash
2023-08-24 08:49:02 Agar sizga kimdir bu xususiy, buning diplomi o‘tmaydi, menga davlat oliygohi diplomi kerak desa, mana bunday yo‘l tuting:

1. O‘sha rahbar yoki mansabdor shaxsdan asos so‘rang, qonuniy asosi bormi, qaysi qaror, qaysi qonun yoki qonunosti hujjati asosida bu gapni gapirmoqda.

2. Tabiiyki, birinchi savolga javob yo‘q, shunda siz o‘sha mansabdor shaxsga yozma murojaat qiling, qonun bo‘yicha u sizning murojaatingizga 15 kun ichida javob qaytarishi kerak.

3. Bu savolga odatda javob berilmaydi, berilgan taqdirda ham qonuniy asos yo‘q bo‘lsa, nima deb javob beradi?

4. O‘zingiz tahsil olayotgan xususiy oliygohdan o‘sha mansabdorga rasmiy xat qilishlarini so‘rang, bu ikki tomonlama ish bo‘ladi.

5. Hech qanday javob berishmasa, sudga murojaat qilib rahbarni javobgarlikka torting, chunki u o‘z vazifasini suiiste’mol qilmoqda.

P.S. O‘z huquqlaringizni talab qilishni o‘rganing, ho‘kiz tug‘ibdi desa, ishonib ketavermang. Haqqingizni talab qilishni o'rganing.

— Ma'lumot uchun: Ushbu tavsiya O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan litsenziyaga ega nodavlat oliygoh talabalariga tegishli.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
16.1K views05:49
Ochish/sharhlash
2023-08-23 21:31:41 #super_kontrakt

Amaldagi kontrakt va super-kontrakt miqdorlari

Ushbu miqdorlar o'tgan yili avgust oxirida tasdiqlangan, bu yil ham avgust oxirida yangi miqdorlar tasdiqlanishi kutilmoqda. Bu haqida bugun matbuot anjumanida mas'ullar aytib o'tdi.

Ma'lumot uchun 2021-yildan buyon kontrakt miqdorlari oshmagan.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
27.3K views18:31
Ochish/sharhlash
2023-08-23 17:03:48
Nodavlat universitet keyinchalik yopilib ketsa ham u bergan diplom tan olinaveradimi?

"Nodavlat universitet men bitirib bo‘lganimdan keyin qachondir yopilib ketsa diplomim tan olinmasligi mumkinmi?

O‘zbekiston telekanali orqali 31-yanvar kuni efirga uzatilgan "Munozara maydoni" ko‘rsatuvida Ta‘lim inspeksiyasi matbuot kotibi Shavkat Xo‘jaqulov ushbu savolga javob bergan.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
30.6K views14:03
Ochish/sharhlash
2023-08-23 15:02:41
O‘qishga kira olmadingizmi? Xavotirga hojat yo‘q.

Siz UZBMB (DTM) ballari bilan imtihonsiz University of Science and Technologies talabasi bo‘lishingiz mumkin!

Buning uchun saytimizda hujjatlaringizni topshirishingiz va DTM natijasini yuklashingiz kifoya.

Hujjat topshirish admission.usat.uz

Universitetdagi yo'nalishlar;

Kontrakt narxlari;

Murojaat uchun: @usat_admins yoki @usatuz_talabalari

Call-markaz: +99878-888-38-88

Universitetni tamomlagan talabalarga butun O’zbekistonda tan olinadigan davlat namunasidagi bakalavr diplomi beriladi!

Litsenziya: №048714 (27.07.2022)

Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
Mo'ljal: Sobiq Roison binosi
Lokatsiya
23.4K views12:02
Ochish/sharhlash
2023-08-23 13:58:42 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbi (ijodiy) imtihon natijalari e’lon qilindi

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etildi.

OTMlar tomonidan taqdim etilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari test sinovi natijalari bilan birga hisoblanib, my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlariga joylashtirildi.

Oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2023” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish 2023” bo‘limidan):

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
18.9K views10:58
Ochish/sharhlash