Get Mystery Box with random crypto!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari N
Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
Kanal manzili: @nodavlattalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 52.19K
Kanalning ta’rifi

— Respublikadagi nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalari va davlat oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar sodda tilda.
Murojaat: @nodavlatbot
Hamkorlik uchun: @nodavlattalimbot
03.09.2022

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 29

2023-09-07 15:31:39
Hududlar kesimida abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari

2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilildi.

Eng ko‘p abituriyent talabalikka tavsiya etilgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

Qashqadaryo viloyati — 20 759 nafar;
Samarqand viloyati — 20 421 nafar;
Farg‘ona viloyati — 18 822 nafar;
Toshkent viloyati — 15 347 nafar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 14 428 nafar.

OTMlarga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra foiz hisobida talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

Buxoro viloyati — 28,32 %;
Navoiy viloyati — 24,03 %;
Xorazm viloyati — 23,95 %;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 22,84 %;
Toshkent shahri — 22,18 %.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning test sinovida to‘plagan o‘rtacha bali 99 ballni tashkil etdi. Yuqoriroq natija qayd etgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

Buxoro viloyati — 107,3 ball;
Toshkent shahri — 105,2 ball;
Farg‘ona viloyati — 104,1 ball;
Namangan viloyati — 101,2 ball;
Xorazm viloyati — 100,0 ball.

To‘liq jadval bilan yuqoridagi rasmlarda tanishish mumkin.

Bilimni baholash agentligi

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
19.9K views12:31
Ochish/sharhlash
2023-09-07 15:00:59
Toshkent amaliy fanlar universitetida 2023/2024-o‘quv yili kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha qabul davom etmoqda

Yo‘nalishlar:

Iqtisodiyot:
• Bank ishi va auditi
• Iqtisodiyot
• Buxgalteriya hisobi va audit
• Moliya va moliyaviy texnologiyalar

Pedagogika;
• Pedagogika
• Boshlang‘ich ta’lim
• Maktabgacha ta’lim
• Tarix
• Matematika va informatika

Tillar va adabiyot:
• Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili
• O‘zbek tili va adabiyoti

Kompyuter injiniringi (IT):
• Axborot xavfsizligi
• Kompyuter injiniringi
• Multimediya texnologiyalari

Oxirgi imtihon sanasi: 16-sentabr
Ariza topshirish

Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot

Veb-sayt | Telegram | Instagram
17.8K views12:00
Ochish/sharhlash
2023-09-07 11:55:58 Talabalar uchun taʼlim krediti rasmiylashtirishda yengillik

"Xalq Banki" haftaning dam olish kunlari ham (9-10 va 16-17-sentyabr) taʼlim krediti uchun arizalarni barcha filiallar boʻylab qabul qilishini maʼlum qildi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
22.5K views08:55
Ochish/sharhlash
2023-09-07 10:52:02 Xususiy oliygohda tahsil olayotgan xotin-qizlar uchun foizsiz taʼlim kredit ajratish tartibi

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

Kredit kimlarga beriladi?

Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

Kunduzgi;
Sirtqi;
Kechki.

Masofaviy taʼlimga berilmaydi.

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

Toʻlash qachondan boshlanadi?

Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

Qanday hujjatlar kerak?

bankka ariza;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
21.3K views07:52
Ochish/sharhlash
2023-09-07 10:20:47
#TAVSIYA

TUGALMAS IMTIHONLAR?

Endi xalqaro standartlarga to'laqonli javob beruvchi IELTS sertifikatini qo'lga kiritgan abituriyentlar hech qanday imtihonsiz JDU'ning omadli talabasiga aylanishini quvonch ila ta'kidlab o'tamiz.

IELTS natijangiz tufayli Toshkent shahridagi Japan Digital University nufuzli oliygohi sizning keyingi ta'lim maskaningiz bo'lishini istaysizmi?

Unday bo'lsa o'z joyingizni hoziroq band qilib, qimmat imkoniyatni qo'lga kiriting!

IELTS sertifikatini yuklash:
https://www.jdu.uz/page39019488.html

DTM (UzBMB) imtihonlarida qatnashganlar uchun: https://www.jdu.uz/page38829637.html

Hujjat topshirish uchun: https://www.jdu.uz/applicationlp8

Batafsil ma'lumot:
+998712000595 | @jdu_support

Sayt | Telegram | Instagram | YouTube
15.0K views07:20
Ochish/sharhlash
2023-09-07 10:01:02 15-sentabrga qadar rektor yoki direktor nomiga ariza yozmasangiz kontrakt pullaringizni davlat qoplab bermaydi!

Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) asosida davlat OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Buning uchun talabgor to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan o‘zlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentabrgacha ariza bilan murojaat etadi.

Tatbiq etilmaydi:
15-sentabrdan kechiktirib topshirilgan arizalarga;
tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlariga;
qo‘shma taʼlim uchun.

Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqilib, ro‘yxat shakllantiriladi.

To‘lov-kontrakt summasini qoplab berish to‘g‘risida joriy o‘quv yilining 15-oktabriga qadar tegishli OTM rektori (filial direktori) buyrug‘i qabul qilinadi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
17.5K views07:01
Ochish/sharhlash
2023-09-07 09:30:35
O'zbekistonda Diplomi 100% amal qiladigan oliygoh izlayapsizmi?

Dunyoning Top 500 xalqaro oliygohlari bilan talabalar almashinuvida hamkorlikka ega Markaziy osiyodagi yagona oliygoh bo'lsachi? - Batafsil

Faqatgina iqtisod sohalariga ixtisoslashtirilgan va yuqori tajribali professor oqituvchilarga ega oliygoh bo'lsachi?

Unda vaqtni bekor o'tkazmang - quydagi havola orqali royxatdan oting!

 Aloqa-markazi:
+998712009005 | @timeedubot
19.6K views06:30
Ochish/sharhlash
2023-09-06 09:31:02 Super-kontrakt narxlari (yo’nalishlar kesimida)

Mazkur faylda 2023/2024 o’quv yili uchun yo‘nalishlar kesimida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

Faylda kunduzgi, sirtqi, masofaviy va kechki ta’lim uchun super-kontrakt miqdorlari berilgan. Shuningdek, 15-oktyabrgacha 100% to’lov qilganda beriladigan 10 foizlik chegirma ham ko’rsatilgan.

ushbu super-kontrakt narxlari “perevodchilar” uchun ham taalluqli.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
20.3K viewsedited  06:31
Ochish/sharhlash
2023-09-06 09:01:02
Toshkent shahridagi Diplomat Universityda qabul davom etmoqda!

Universitet tajribali professor-o'qituvchilarning ta'limini, zamonaviy o'quv dasturlarini, shahar markazidagi qulay joylashuvni, qiziqarli talabalik hayotini va foydali loyihalarni sizlarga taklif etadi.

Hujjatlar 25-sentabrgacha qabul qilinadi, shoshiling!

Hujjat topshirish uchun
apply.diplomat.university

Litsenziya (№037196, 20.12.2021 y.)
Yo'nalishlar
Grantlar
20% lik chegirma
UZBMB (DTM) ball bilan talabaga aylaning
O'qishni ko'chirish

8-sentabr 11:00 yoki 15:00 da ochiq eshiklar kuniga tashrif buyuring va to'liq ma'lumotga ega bo'ling.

Biz bilan muvaffaqiyatli kelajak sari bir qadam oldinga!

Call-markaz:
+998881268888 / @Diplomatuni +998881248888 / @Diplomatuniv
+998 71 200 88 18

diplomat.university

Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
15.2K views06:01
Ochish/sharhlash
2023-09-05 15:31:01
Tibbiyot sohasida o‘qish mumkin bo‘lgan nodavlat (xususiy) oliygohlarning kontrakt narxlari:

Akfa universiteti (Toshkent)
58 000 000 so'm

Yevropa tibbiyot universiteti (Toshkent)
36 000 000 – 45 000 000 so'm

Impuls tibbiyot instituti (Namangan)
33 000 000 so'm

Markaziy Osiyo xalqaro tibbiyot universiteti (Farg'ona)
30 360 000 so'm

Buxoro innovatsion tibbiyot instituti (Buxoro)
30 360 000 so'm

Kimyo xalqaro universiteti (Toshkent)
29 900 000 so'm

Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti (Toshkent)
26 000 000 – 29 000 000 so'm

Turon Zarmed universiteti (Buxoro)
27 000 000 so'm

Osiyo xalqaro universiteti (Buxoro)
26 000 000 so'm

Alfraganus universiteti (Toshkent)
24 000 000 – 25 000 000 so'm

Valley innovatsion universiteti (Farg'ona)
24 000 000 so'm

Yuqoridagi narxlari 2023/2024 o'quv yili uchun belgilangan.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
20.5K viewsedited  12:31
Ochish/sharhlash