Get Mystery Box with random crypto!

Oxirgi bir hafta ichida AQSh mediasida eng koʻp muhokama qilin | Public Policy | 🇺🇿

Oxirgi bir hafta ichida AQSh mediasida eng koʻp muhokama qilinayotgan mavzu bu “Silicon Valley” bankining (SVB) qulagani.

Bu bank AQShdagi eng yirik 16-bank va bu moliyaviy (bank sohasida) qulash hajmi boʻyicha AQSh tarixida 2008-yilgi moliyaviy inqirozdan keyingi ikkinchisi.
***
Qisqacha va oddiy tushuntirsak, bu Bank Run hodisasi. Ya’ni mijozlar bankka qoʻygan pullarini qaytarib olishimoqchi, lekin bank mablagʻi yetmayapti. Tijorat banklari (Commerical Banks) asosan mijozlardan olingan depozitlarni aylantirib foydani oshirishadi. Ya’ni kreditlar berishlari, aksiyalar sotib olishlari mumkin. SVB mijozlari asosan kichik va oʻrta startapchilar boʻlgan. Qulashning tezlashuviga ijtimoiy tarmoqlar ham katta hissa qoʻshgani aytilyapti, ya’ni vahima ortishi hisobidan bankga qoʻyilgan depozitlarni qaytarib olishni xohlab qolgan mijozlar soni ortib ketgan.
***
Bunday hollarda davlat oʻz moliyaviy tizimiga zarar yetmasligi va domino effektining (financial/banking contagion) oldini olish maqsadida hususiy tarmoqqa aralashishga majbur. AQShda ham xuddi shunday boʻldi.
AQSh Moliya vazirligi (US Department of Treasury - USDT), AQSh Markaziy banki (the Fed) va AQSh Depozitlarni sugʻurtalash korporatsiyasi (Federal Deposit Insurance Corporation - FDIC) holatni nazoratga oldi. Yana oddiy tilda aytadigan boʻlsak, investorlar va mijozlar oʻz mablagʻlarining xavfsizligini va uni qaytarib ololishini bilsagina depozitlarini qaytarib olmaydilar va moliyaviy tizim oʻz oʻrnida ishlashni davom etadi.
***
Oʻzi kapitalizm qarzlar ustiga qurilgan, faqat oʻrtada ishonch va risk boshqaruvi hammasini hal qiladi.
***
10-mart kuni SVB quladi, regulyatorlar bankni oʻz boshqaruviga oldi. Lekin FDIC eng arzon yoʻllar bilan moliyaviy qulashni oldini olishga haqli holos. Ya’ni depozitlarni sugʻurtasiz qoʻyganlarda mablagʻ yoʻqotish xavfi boʻladi. Sarosima kuchayib ikki kun ichida mijozlari ipoteka (real estate) va yuridik sohadagilar boʻlgan Siganachur Bank (Signature Bank) ham qulash yoqasiga kelib qoldi. Holat oddiy yana oʻsha mijozlar depozitlarni zudlik bilan yechib olishga urinishlari. Tepada aytganimdek domino effekti (moliya sohasida ‘financial contagion’)ga yoʻl qoʻymaslik uchun FDIC bu bankning boshqaruvini ham oʻz qoʻliga oldi. Oʻsha kuni USDT, Fed va FDIC qoʻshma bayonot bilan chiqdi. FDIC ga mustasno huquq berildi ya’ni endi u sugʻurtalanmagan depozit qoʻygan mijozlarga ham mablagʻlarini qaytarib berishi mumkin. Bularning hammasi vahima davlat boʻylab tarqalmasligi uchun qilindi. Xatto prezident Bayden ham murojaat bilan chiqdi.
***
Va nihoyat ikki kuncha avval sal boʻlmasa qulay degan boshqa banklar hatto 50%gacha mijozlarni qaytara olishdi.
***
Endi AQSh Adliya vazirligi (Department of Justice) holat boʻyicha surishtiruv oʻtkazadi.

Vaqtida koʻrilgan siyosiy chora sal boʻlmasa 2008 yildan keyingi eng yirik boʻlishi mumkin boʻlgan inqirozning oldini oldi.

*Depozit oʻzbekchada Omonat lekin atama sifatida Depozitni ishlatish qulaydek tuyuldi.

#Post_16

Fikr uchun

https://t.me/nno_uz