Get Mystery Box with random crypto!

Simvolizm va milliy o'zlikka e’tiborni turkiyaliklardan oʻrgan | Public Policy | 🇺🇿

Simvolizm va milliy o'zlikka e’tiborni turkiyaliklardan oʻrgansa arziydi.

Bizning universitetning biznes maktabida oʻqiydigan bir turk yigit bilan iqtisodiyot, moliya, siyosat va tarix boʻyicha koʻp muhokamalar qilib turamiz. U yigit Turkiya davlat stipendiati va haqiqatan bilimli. Undan Turkiya haqida qiziq ma’lumotlarni oʻrganib boraman. Shulardan biri Turkiya prezident muxri (rasmda ikki bayroq orasidagi ramz). Unda markazdagi katta yulduz 16 ta kichik yulduzlar bilan oʻralgan. Bu kichik yulduzlar tarixda eng qudratli va mustaqil 16 ta turkiy davlatlarni ifoda qiladi. Ularning orasida bizning hozirgi Oʻzbekiston hududida joylashgan shaharlardan boshqarilganlari ham bor. Ularning ichida bizga ma’lum, Hunlar, Turk hoqonligi, Qoraxoniylar, Gʻaznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, Oltin Oʻrda va Buyuk Temur imperiyalari ham bor. Turkiya o'zini aynan o'sha buyuk turkiy imperiyalarning merosxo'ri va davomchisi deb biladi.

Bu ma’lumotgacha ham turklarning simvolizmga e’tiboriga havas qilardim. Masalan, turkiylarning azaliy ramziy rangi ochiq koʻk (moviy) boʻlgan. Va bizning bayrogʻimizdagi koʻk rang ham qisman tarixiy ma’noga ega (edi). Lekin bayrogʻimizning hozirgi koʻrinishi (2012-yildan keyin, ayniqsa yaqin yillardagi)ni tushunib boʻlmaydi. Bu haqidayam boshqa bir post qilaman.

Endi Turkiyaning simvolizmga e’tiboriga qaytsak, rasmlardan koʻrishimiz mumkinki, pastda toʻshalgan uzun gilamlar va faxriy qorovul xarbiy kiyimi aynan ochiq koʻk rangda. Faxriy mehmonni kutib olish uchun tizilgan faxriy qorovul xarbiylari oʻsha 16 buyuk turkiy imperiyalarning bayroqlarini tutib turishibdi.

Aytgancha, Turkiya bayrog'idan urfga kirgan yarim oy (hilol) va yulduz islom dinining timsoli emas. Lekin ba'zi aholisining katta qismi musulmon bo'lgan davlatlar yoki ba'zi islom davlatlari uni o'z bayroqlarida aks ettirishgan. Bu haqidayam boshqa bir post qilaman.

Qisqasi davlatchilikda simvolizmnig o'rni juda muhim.

#Post_15

Fikr uchun

https://t.me/nno_uz